Xulosa
1. Ta’lim tizimi jarayonida zamonaviy innovatsiyalarni
qo‘llash usullarining asosi bu – o‘qitishning
yangi metodlarini qo‘llash, o‘quv jarayonini intensifikatsiyalash
sharoitida tahsil oluvchilar faoliyatini shakllantirish, zamonaviy texnikaviy
axborot vositalari va mashg‘ulot tuzilmasini tashkillashtirish va
rejalashtirishda o‘qituvchilarni hamda tahsil oluvchilarning psixologik
xususiyatlarini bilishini taqozo etadi.
2. Muammoli o‘qitish jarayonida tahsil oluvchilarning
o‘zlashtiradigan ijodiy malakalari muammoni mustaqil ifodalash, farazni ilgari
surish va tekshirish yo‘lini izlash, yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilish,
olingan natijalarni amaliy qo‘llash mumkinligini asoslash va muammoni yechishda
shaxsiy, ijodiy va amaliy ishtirok etish me’yorini aniqlash, hamda innovasion
ta’limni joriy etish orqali bilim sifatiga erishiladi.
3.
Fan-texnika taraqqiyoti davrida nafaqat intizomli ijrochilar, balki ijodkorlar
ko‘proq talab etiladi. Shu boisdan ham, fan va texnika jadal sur’atlar bilan
rivojlanayotgan bugungi kunda oliy ta’limni rivojlantirishning umumiy ta’lim
davri davomiyligining ortishi, uzluksiz ta’limning butun umr davomida zarurligi, ta’limni
individuallashtirish kabi zamonaviy tendensiyalarini hisobga olish Respublikamiz oliy ta’lim muassasalari
innovasion faoliyatini boshqarishda muhim o‘rin tutadi.
4. Oliy
ta’lim tizimida innovasion faoliyatni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab
chiqishni tahlil va baholash, maqsad va vazifalarni belgilash, resurslarni
rejalashtirish, ish stili va usullarini ishlab chiqish, amaliyot va monitoring
qilish kabi asosiy bosqichlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq deb
hisoblaymiz.
6. Oliy
ta’lim muassasalarining innovasion faoliyatini rivojlantirish ichki imkoniyatlariga virtual o‘quv dasturlarini ishlab chiqish,
interaktiv o‘qitish, texnologik
innovatsiyalarni qo‘llashni, mahalliy va global IS birliklarini qo‘llash, o‘quv
jarayonining sifatini baholashni kiritish mumkin.
7.Talabalar
uchun yanada qiziqtiradigan va murakkab ta’lim materiallarini ishlab chiqish,
Online o‘quv imkoniyatlarini
rivojlantirish va o‘qitishni talabalar uchun ko‘proq qiziqarli qilish,
jumladan, interaktiv darsliklar, amaliy mashg‘ulotlar, vebinarlar, o‘quv
jarayonini yaxshilashni ta’minlash uchun boshqa innovasion usullarini qo‘llash
kerak, deb hisoblaymiz.
8. Ta’lim
klasteri - bu tarmoqlar va sanoat korxonalari bilan sheriklik bilan
birlashtirilgan o‘zaro bog‘liq ta’lim muassasalari majmuasi, shuningdek, zanjir
ichidagi gorizontal bog‘lanishlarga asoslangan ilmiy-texnologiya-biznes
innovasion zanjirida o‘qitish, o‘zaro o‘rganish va o‘z-o‘zini o‘rganish
vositalari tizimidir.
9.
Klasterli ta’lim tizimlari hamkorlikni rag‘batlantirish, resurslarni
optimallashtirish hamda talabalar va o‘qituvchilar uchun kengaytirilgan ta’lim
imkoniyatlarini rag‘batlantirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini
oshirish uchun imkoniyatlar yaratadi.
10. OTMning
innovasion faoliyati samaradorligi iqtisodiy samaradorlik, ijtimoiy – iqtisodiy samaradorlik, mamlakat mudofaa qudratini
mustahkamlash, shuningdek mamlakat ilmiy salohiyatining obro‘si ortishi bilan
tavsiflanishi mumkin.
11.
Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligiga Ijtimoiy ishlab chiqarishning
rivojlanish va uning ilmiy-texnik asoslarining takomillashish darajasi,
Ilmiy-tadqiqot jarayonlariga oid meyoriy-huquqiy jujjatlar qabul qilinishi,
Ilmiy-natijalarni amaliyotga joriy etish holatlari, Ilmiy-texnik taraqqiyot
tendensiyalariga muvofiq bo‘lishi kabi asosiy omillar ta’sir qiladi.
12. Oliy
o‘quv yurtlarida yaratilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish jarayoniga
transferiga Oliy o‘quv yurtlarining innovasion salohiyati, Oliy o‘quv yurtlari
joylashgan hududlarning iqtisodiy salohiyati, Oliy o‘quv yurtining ta’lim
yo‘nalishlari omillari ta’sir ko‘rsatadi.
13.
Mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida ilmiy-tadqiqot va pedagogik natijalari yaratilishi va ularni amaliyotga
joriy etish jarayonini yanada takomillashtirishda asosiy e’tiborni kadrlar
tayyorlash bilan birgalikda, mavjud ilmiy potensialni rivojlantirish, ulardan
samarali foydalangan holda ilmiy-tadqiqot natijalarini yaratish va amaliyotga
joriy etishga qaratish lozim.
14. OTM
faoliyatini ISO 21001-2018 standartlari asosida tashkil etishda ularning qay
darajada samarali ekanligini baholashda faoliyatni doimiy ravishda nazorat
qilish va baholash, ichki auditni amalga oshirish, boshqaruv faoliyati
natijalarini tekshirish, tahlil qilish va umumlashtirish, nomuvofiqliklarni
to‘g‘rilash asosida faoliyatni doimiy yaxshilab borish kerak.