06.08.2025
21:54

3.3. Oliy ta’lim muassasalarida innovasion faoliyatni baholash mezonlari va ta’lim standartlarini qo‘llash istiqbollari

O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining innovasion rivojlanishining jahon miqyosida tobora o‘zgarib borayotgan global tendensiyalari ushbu yo‘nalishda yanada maqsadli va jadal ishlashni talab qiladi. O‘zbekiston ta’limi o‘ziga xosligini, eng yaxshi an’analarini saqlab qolgan holda, shu bilan birga jahon ta’lim tendensiyalarini to‘liq hisobga olishi, jahon me’yorlari va standartlari bilan bog‘liq bo‘lishi va umumevropa, global rejalariga yaqinlashishi kerak.
Zamonaviy postindustrial jamiyat iqtisodiyotini “bilimlar iqtisodiyoti” deb ta’riflashimiz mumkin, bunda jamiyatning asosiy boyligini narsalar emas, tabiiy shu jumladan, energiya resurslari tashkil etadi, axborot va intellekt ustuvor hisoblanadi. Yangi jamiyatda ma’naviy qadriyatlar birinchi o‘ringa chiqadi, ular birinchi navbatda fan va ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi odamlar – ilm hamda ta’lim sohasidagi olimlar tomonidan yaratilgan. Bugungi dunyoda ta’lim,  ham sotiladigan xizmat, ham qimmatli intellektual mulkdir.
 Oliy ta’lim muassasalarining innovasion faoliyati uning rivojlanishiga va raqobatbardoshligini ta’minlashga bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Fan-texnika taraqqiyoti talabalarning bilimlariga, ularning ijodiy rivojlanishiga, muayyan faoliyat sohasida oqilona yechimlarni topa bilish iqtidoriga yangi, ortib  borayotgan talablarni qo‘yadi. Bugungi kunda mutaxassislardan ham eski, joriy holatni tushunish, ham mutlaqo yangi vazifalarni qo‘ya olish va ularni ilmiy asosda hal eta olishlik talab etilmoqda.
OTMning innovasion faoliyati samaradorligi iqtisodiy samaradorlik, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik,           mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash, shuningdek mamlakat ilmiy salohiyatining obro‘si ortishi bilan tavsiflanishi mumkin. Ilmiy tadqiqotlar, innovasion faoliyat samaradorligi baholashda turli mezonlarga asoslaniladi(3.10-rasm).
3.10-rasm. Ilmiy tadqiqotlar, innovasion faoliyat samaradorligi baholash mezonlari[1]
 
Mezon – muayyan bir nazariya, ta’limot, fan, dunyoqarash yoki nazariy dasturning asosi bo‘lib, insonning e’tiqodi, voqelikka bo‘lgan munosabati va xulq-atvor meyorlarini belgilab beradi. Falsafada mezon – boshlang‘ich nuqta, boshqaruvchi g‘oya, xulq-atvor, o‘zini tutishning asosi sifatida qaraladi. Mantiqiy ma’noda mezon markaziy tushuncha bo‘lib,  abstraksiya sifatida olingan hodisaning barcha sohalariga tadbiq qilinuvchi, umumlashtiruvchi va tarqatuvchi tizimning asosidir[2].
Fundamental nazariy tadqiqotlarning samaradorligini miqdoriy ko‘rsatkichlar bilan baholash qiyin. Ular, odatda ilmiy ishlamalar tugallangandan so‘ng, ancha keyin samara bera boshlaydi. Bundan tashqari, tadqiqot natijalaridan iqtisodiyotning turli sohalarida foydalaniladi. Shu boisdan ham, kutilayotgan samarani baholash qiyin masala hisoblanadi. Bunday tatqiqotlar uchun, qoidaga ko‘ra, sifat mezonlari, jumladan hodisaning yangiligi, tadqiqot fanining obro‘si, ishning xalqaro miqyosda keng tan olinishi, mamlakat mudofaa imkoniyotiga qo‘shilgan xissa, monografiyalar, olimlarning ishlanmalaridan turli mamlakatlarda foydalanilishi kabilar bilan belgilanadi.
Amaliy ilmiy tadqiqot ishlanmalarining natijasi turli miqdoriy mezonlar bilan baholanadi, shulardan asosiysi - iqtisodiy samaradorlik, xususan joriy etishga bo‘lgan xarajat, joriy etish ko‘lami, muddati kabi bir qator omillarga bog‘liq mezoni hisoblanadi. Ilmiy xodimning ish samaradorligi esa ishlanmaning yangiligi, e’lon qilingan maqolalar soni, ishdan nusxalar olish kabilar bilan baholanadi.
Yangilik mezoni - bu, mualliflik guvohnomasi va patentlar miqdori, ko‘chirmalar olish - ilmiy xodim ishlariga havolalar soni bilan belgilanadi. Iqtisodiy   baholash   esa   kamdan-kam qo‘llanadi.
Ilmiy-tadqiqot guruhi yoki tashkilotning mehnat samaradorligi esa  mehnat  samaradorligi, joriy etilgan mavzular miqdori, ilmiy maqsulotni tadbiq etishdan kelgan iqtisodiy samara, olingan mualliflik guvohnomasi va patentlar soni, sotilgan lisenziyalar soni kabi mezonlar bo‘yicha baholanadi. Ilmiy tadqiqotlar samaradorligi - ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish va kishilik jamiyati farovonligini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy mahsulot (ITM) yaratish strategiyasi va taktikasining asosidir.
Xulosa qilib aytganda, ilmiy tadqiqotlar iqtisodiy samarasini hisoblash ularni amalga oshirish bosqichlariga muvofiq amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan mo‘ljal, kutilayotgan va haqiqiy iqtisodiy samaradorlik bir-biridan   farqlanadi. Rejalashtirilgan iqtisodiy samara ilmiy tadqiqot ishini asoslashda va uni ish rejasiga kiritishda belgilanadi. Mazkur holda, hisob - kitoblar taxminan, bashoratlanayotgan joriy etish ko‘lamini hisobga olgan holda, yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha olib boriladi. Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligiga bir qator omillar ta’sir qiladi(3.11-rasm).
 
OTM innovasion faoliyatini tashkil etishda ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsnon ishlanmalar rivojlantirilishi hamda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonlariga tatbiq etishni rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy mexanizmlar yaratish, fan va ishlab chiqarishning yanada mustahkam aloqasini ta’minlash maqsadida, shuningdek, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda real iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari o‘rtasida uzviy hamkorlik aloqalarnin o‘rnatishda innovasion g‘oyalar va loyihalar Respublika yarmarkasining ahamiyatini e’tiborga olgan holda, oliy o‘quv yurtlarida yaratilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish jarayoniga transferiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi(3.12-rasm).
 
Олий ўқув юртларининг инновацион салоҳияти
.
 
Олий ўқув юртларида яратилган маҳсулотларнинг ишлаб чиқариш жараёнига трансферига таъсир кўрсатувчи омиллар
 
 

Олий ўқув юртлари жойлашган ҳудудларнинг иқтисодий салоҳияти
       
 
Олий ўқув юртининг таълим йўналишлари
 
 
 
 
 
 
 

3.12-rasm. Oliy o‘quv yurtlarida yaratilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish jarayoniga transferiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar[2]
 
 Oliy o‘quv yurtlarining innovasion salohiyati, xususan oliy o‘quv yurtining ilmiy salohiyati, ularning biznes sohasida bilimlarga egalik darajasi, ilmiy-tadqiqotlarga jalb qilingan talabalar soni, oliy o‘quv yurtida zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan laboratoriyalarning mavjudligi hamda ulardan foydalanish samaradorligi kabi omillar oliy o‘quv yurtining ilmiy salohiyati, unda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot natijalarining sifati va soniga ta’sir etuvchi eng asosiy omillardan  hisoblanadi. Professor-o‘qituvchilarning o‘z sohalari bo‘yicha chuqur bilimga, zamonaviy fan-texnika yutuqlarini tezkorlik bilan o‘zlashtira olish qobiliyatiga egaligi, turli sohalarda mavjud muammolarni aniq ko‘ra bilishi va o‘z bilimlarini ana shu muammolarni hal etishda qo‘llay olishi oliy o‘quv yurti innovasion faolligini, yaratilgan innovatsiyalarning ishlab chiqarishga joriy etilish imkoniyatini oshiradi.
Faoliyat yurituvchi korxonalar soni, ular o‘rtasida raqobat muhitining shakllanganligi, ularning innovatsiyalarni o‘zlashtira olish imkoniyatlari innovatsiyalar transferi jarayoniga oliy o‘quv yurtlari joylashgan hududlarning iqtisodiy potensiali ham ta’sir ko‘rsatadi. Hududlarda faoliyat yurituvchi korxonalar sonining ko‘pligi va ular o‘rtasida raqobat kurashining kuchayishi foydani maksimallashtirishda raqobatning narxsiz usulidan foydalanish, innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Innovatsiyalarning ishlab chiqarishga joriy etilishi korxonalarda yuqori bilim darajasiga ega bo‘lgan, yangiliklarni tez o‘zlashtira oladigan kadrlar mavjudligini talab qiladi. Bu esa, oliy o‘quv yurtlari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida kadrlar malakasini oshirish, kadrlar almashinuvi bo‘yicha hamkorlikning kuchayishiga olib keladi.
Korxonalarning innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlarni amalga oshirish uchun yetarli moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lishi innovatsiyalarga bo‘lgan talabning oshishiga xizmat qiladi. Raqobat muhiti yetarli darajada shakllanmagan sharoitda, asosiy e’tibor oliy o‘quv yurtlarida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar, ularning natijalari, yaratilgan innovatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni ishlab chiqaruvchi korxonalarga etkazish usullaridan samarali foydalanishga qaratilishi lozim. Chunki, ishlab chiqarish korxonalarida innovatsiyalarga nisbatan qiziqishning pastligi, raqobatchi korxonalar sonining kamligi ularni innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog‘liq qo‘shimcha harajatlarni amalga oshirishiga to‘sqinlik qiladi.
Respublikamizda har yili o‘tkazib kelinayotgan “Innovasion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi”ga oliy o‘quv yurtlari tomonidan taqdim etilgan innovatsiyalarni yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlanishi tahlil qilinadigan bo‘lsa, innovatsiyalarning asosiy qismi sanoat yo‘nalishiga to‘g‘ri kelishini ta’kidlashimiz mumkin.
Ta’lim tizimi sifatini ta’minlash, hamda samaradorligini oshirishda  uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlariga imkoniyatlarni kengaytirish, mehnat bozorining zamonaviy talablariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish,  ilmiy tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish kabi masalalarga alohida o‘rin berildi.[3]
Tadqiqot ishimizda Respublikamizda oliy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yuqorida keltirilgan vazifalarni  hal etishga qaratilgan, oliy ta’lim muassasalarida xalqaro standartlarni qo‘llash siyosatini, uning ta’lim sifatiga ta’sirini tadqiq etishni joiz, deb bildik.
Oliy ta’lim sifatining ta’lim sifatiga mosligi, ta’lim xizmati iste’molchilarining talablariga mos kelishi kerak. Ta’lim sohasidagi kategoriya normalari sifatida ISO standartlari, Oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha Yevropa assosiatsiyasi (ENQA), Oliy ta’lim sifati bo‘yicha Yevropa reyestri ( EQAR), Arab davlatlari Ligasining ta’lim, madaniyat va fan bo‘yicha tashkiloti (ALECSO) kabi bir qator tashkilotlarning texnik reglamentlarini ta’kidlab, ko‘rsatishimiz mumkin. Ular orasida Xalqaro standartlash tashkiloti ISO standartlariga to‘xtalib o‘tishni joiz, deb bildik.
Oliy ta’limda sifatni ta’minlashda ISO 21001-2018 Ta’lim muassasalari uchun boshqaruv tizimlari ( EOMS) standartlariga asoslanish maqsadga muvofiq hisoblanib, ta’lim muassasalari xizmatlari sifatini yaxshilashga va takomillashtirishga qaratilgan.
EOMS shartlari to‘plami boshqarish vositasi sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ta’lim muassasalarida talabalarning, professor o‘qituvchilar, iste’molchilar, xodimlar va boshqa qiziquvchi tomonlarning shartlarini, istaklarini muvofiqlashtirish, ular o‘rtasida integratsiyani ta’minlashga xizmat qiladi. Mazkur standartlarning o‘ziga xos jihati  bo‘lib, uning ISO sistemasidagi boshqa standartlar bilan  o‘zaro muvofiqlikning o‘rnatilishi hisobiga, yuqori darajadagi tarkib ta’minlanadi. Bu esa, EOMSning ISO 21001-2018 va boshqa aniq sektorlarga yo‘naltirilgan boshqa standartlar bilan bir tarkibga ega ekanligini ko‘rsatadi. Mazkur standartlarning yuqori daraja tarkibi (HLS) ikki va undan ortiq boshqaruv tizimi standartlarini birlashtiradigan Integrated Management System kabi yagona boshqaruv tizimini tanlay oladigan tashkilot va  muassasalar uchun muhim hisoblanadi.
ISO 21001 seriyasidagi standartlarni ISO seriyasidagi boshqa standartlardan farqlovchi asosiy jihati, standart shartlari va konsepsiyasiga nisbatan keltirilgan juda ko‘p tavsiyalar va ma’lumotlar ham  ta’lim xizmatlari bilan bog‘liq.
Shuni ta’kidlashimiz mumkinki, ISO 21001 standartlari ISO 9001 standartlarining davomchisi hisoblanib, ta’lim sohasida sifatni boshqarish tizimini yaratishga xizmat qiladi. ISO 21001 standartlari ISO/RS 288  tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, Koreyaning texnologiyalar va standartlar bo‘yicha Agentligi (KATS) tomonidan amalga oshirilgan. Mazkur standartlar boshlang‘ich, o‘rta ta’lim yoki universitet darajasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasi, davlat ta’lim sektori yoki xususiy ta’lim sektori bo‘lishidan qat’iy nazar qo‘llanilishi mumkin.
EOMS nafaqat maktab yoki oliy ta’lim muassasalari uchun, balki  ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishda o‘quv dasturlaridan foydalanadigan har qanday muassasa uchun ham o‘rinlidir. Ta’limda standartlarning qo‘llanishi yangilik emas. ISO tashkiloti ta’lim sektoriga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga ko‘maklashish maqsadida  ISO 21001-2018 boshqaruv tamoyillarini ishlab chiqdi (3.13-rasm).
Маълумотларнинг ҳавфсизлиги ва ҳимоя
 
Операцион бошқарув
 
Ҳаққоний маълумотларга асосланган қарорлар
 
Эътиборни ўқувчиларга ва бошқа манфаатдор томонларга қаратиш
      Узоқни кўзловчи етакчилик
Муносабатларни бошқариш
Одамларни жалб этиш
 
Ижтимоий бошқарув
 
                    Яхшиланиш
 
         Инновацияларни бошқариш
 
                 Жараёнли ёндашув
 
                         3.13-rasm. EOMS tamoyillari
 
EOMS  o‘quvchilar va boshqa manfaatdor shaxslarning talab va ehtiyojlariga javob bera oladigan darajadagi ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishni ta’minlashda ta’lim muassasalari uchun boshqaruvning yagona  dastagini yaratishga qaratilgan. Asosiy manfaatdorlar ta’lim oluvchilar va ta’lim muassasalari bo‘lishiga qaramasdan, barcha jalb etilgan tomonlar ham ISO 21001 va tarmoqning ilg‘or amaliyotiga asoslanib, ta’lim muassasalari uchun joriy etilgan sifatni boshqarish tizimiga asoslanishlari mumkin.
O‘quv yili davomida o‘quv rejasi, yo‘riqnomalar, o‘qitishning tartibi, davomiyligi, baholash mezonlari, shuningdek ta’lim jarayonidagi ijtimoiy-psixologik o‘zgarishlar sababli, talabalarning ehtiyojlari ham o‘zgarishi mumkin.  ISO 21001 standartlarini tadqiq  etar ekanmiz, ushbu ehtiyojlarning o‘zgarishiga nisbatan ham juda ehtiyotkorlik bilan yondoshilganini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu ehtiyojlar mazkur standartda  topish mumkin bo‘lgan aniq va umumiy shartlarga ajratilgan.
ISO 21001 standartlari tashkilot falsafasi, rahbarlik, rejalashtirish, qo‘llab-quvvatlash, operatsiyalar, faoliyatni baholash, yaxshilanish kabi bandlardan tarkib topgan bo‘lib, mazkur bandlarda keltirilgan shartlarning hammasi talab darajasida bajarilganida hamda unga amal qilinganida, OTMlarida talabalar o‘zlarining qobiliyat va salohiyatlaridan to‘liq foydalanishlariga, o‘z vazifalariga nisbatan mas’uliyatning ortishiga, amaliyotni mazmunli o‘tkazish hamda ijtimoiy jihatdan mas’uliyatni his etishga  qaratilgan ijobiy muhit yaratilishi imkoniyati yuzaga keladi.
Tadqiqot natijalariga asoslanib, Oliy ta’lim muassasalariga   ISO 21001-2018 standartlarini joriy etishni rejalashtirish yuzasidan quyidagi ilmiy-amaliy takliflarni umumlashtirishimiz mumkin:
OTMning missiyasini aniqlash, manfaatdor tomonlarning hohish va istaklarini tushunish hamda EOMSning faoliyat sohasini aniqlash kerak;
OTMning asosiy maqsadlarini shakllantirish hamda tahdidlar va imkoniyatlarini baholash kerak;
OTMning mavjud resurslari holatini baholash kerak;
OTM xizmatlari sifatiga bo‘lgan talab va taklif haqida xabardor bo‘lishlik va uzviy muloqatning o‘rnatilishi;
hujjatlashtirilgan axborotlarga ega bo‘lish asosida OTMga ISO 21001-2018 standartlarini joriy etishni rejalashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
OTMga ISO 21001-2018 standartlarini joriy etish bo‘yicha quyidagi vazifalar bajarilishi kerak:
operativ rejalashtirishni amalga oshirish va nazoratni o‘rnatish;
sifatli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish va yanada rivojlantirish;
tashqi jarayonlar va xizmatlarni oqilona boshqarish;
ta’lim xizmatlari nazoratini ta’minlash.
Xulosa qilib shuni ta’kidlashimiz mumkinki, OTM faoliyatini ISO 21001-2018 standartlari asosida tashkil etishda ularning qay darajada samarali ekanligini baholashda faoliyatni doimiy ravishda nazorat qilish va baholash, ichki auditni amalga oshirish, boshqaruv faoliyati natijalarini tekshirish, tahlil qilish va umumlashtirish, nomuvofiqliklarni to‘g‘rilash asosida faoliyatni doimiy yaxshilab borish kerak.


[2] Муаллиф ишланмаси
[3] “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар Стратегияси тўғрисида» 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947сонли фармони

[1] Муаллиф ишланмаси
[2] Философский энциклопедический словарь. – М.: Энциклопедия, 1989