2.2. Oliy ta’lim muassasalarida innovasion faoliyat yuritayotgan professor o‘qituvchilarni rag‘batlantirishda KPI tizimini qo‘llash
Oliy ta’lim muassasalarida innovasion faoliyatni boshqarishda
professor-o‘qituvchilar – boshqaruvning
bosh subektidir. Boshqaruv samaradorligi professor - o‘qituvchilarning qobiliyati, ularning jismoniy va
bilim imkoniyatlari bilan belgilanadi. Bu imkoniyatlar bilan birga mehnat sharoiti, hamda ishlashga tayyorgarlik
ham samaradorlikni ta’minlaydi. Ishlashga tayyorlik esa shaxsning ishga
qiziqishi va undan qanoatlanishi, ehtiyojlari, mehnat natijalariga muvofiq
rag‘batlantirilishi bilan belgilanadi. Ishga qiziqishni tahlil etishda
qiziqtirish omillari - ehtiyoj, qiziqish motivlari va rag‘batiga alohida
e’tibor qaratishimiz lozim.
Professor o‘qituvchilarning ishga
qiziqishini tegishli rag‘batlantirish usuli orqali o‘zgartirish mumkin.
Rahbarlar uchun bu rag‘batlantirishlar bir xil shaklda emas, balki xodimlarning
shaxsiy ehtiyojlariga muvofiq ishlatilishi kerak, degan ma’noni anglatadi.
Mehnatni rag‘batlantirish - oldindan belgilab qo‘yilgan natijalarga erishish
imkonini beradigan jo‘shqin mehnat faoliyati xodimning muhim ijtimoiy
ehtiyojlarini qondirish, unda mehnatga qiziqishni shakllantirish uchun zarur
shart-sharoitlarni yaratishni ko‘zda tutadi. Mehnatga qiziqtirish va
rag‘batlantirish tizimi muayyan asos — mehnat faoliyatining me’yoriy darajasiga
tayanishi kerak. Xodimning mehnat munosabatlariga jalb etilishining o‘zi uning
oldindan kelishilgan, muayyan ish haqi hisobiga muayyan vazifalarni bajarishini
nazarda tutadi. Professor- o‘qituvchilarni
ishga qiziqtirishga rag‘batlantirishning ayrim uslublari orqali ham, bu
uslublarni birgalikda qo‘llash orqali ham erishish mumkin.
Fikrimizcha, rag‘batlantirishning quyidagi uchta turini amalga oshirish
lozim:
Birinchidan, ma’naviy rag‘batlantirish, xususan rahbar xodimni
tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabriklash (jamoa a’zolari davrasida iliq
maqtovlar va sovg‘alar bilan); yuqori natijalarga erishayotgan xodimlar
suratlarini “Hurmat taxtasi”sida aks ettirish; o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy
hamda tashkiliy ishlarda faol va boshqalarga o‘rnak bo‘la oladigan eng yaxshi
xodimlar to‘g‘risida oliy ta’lim muassasasi sayti orqali
professor-o‘qituvchilarni (reytingi ko‘rinishda) namoyish etib borish; ta’lim
muassasasida ko‘p yillardan beri yuksak darajada faoliyat olib borayotgan
xodimlar uchun “Ta’lim muassasasi fahri”
taxtasini joriy etish; ta’lim muassasasiga yangi ishga kelgan xodimlarga har
jabhada yordam ko‘rsatish; barcha turdagi yig‘ilishlarda faollarni e’tirof
etish; rahbar strategik qarorlarni qabul qilishdan avval xodimlardan so‘rovnoma
orqali yoki ular bilan kengashgan holda qaror qabul qilishni takomillashtirish
zarur(2.4-rasm). .
2.4-rasm. Rag‘batlantirishning asosiy turlari [1]
Ikkinchidan, mehnat
qobiliyatini rivojlantirish, ya’ni
samarali va arzon ovqatlanishni tashkillashtirish; sifatli tibbiy xizmat
ko‘rsatilishini ta’minlash; ishlash sharoitini yaxshilash (xonalarni sovutish,
isitish va yoritish moslamalari bilan jihozlash hamda shovqindan himoyalash);
o‘z vaqtida malaka oshirishlarini tashkillashtirish; bayram kunlarida ko‘ngilli
konsert dasturlari va bayram dasturxonlarini yozish; teatr va muzeylarga
jamoadoshlar birgalikda tashrifini tashkillashtirish va boshqa motivatsiya shakllaridan samarali
foydalanish maqsadga muvofiq.
Uchinchidan,
ijtimoiy–iqtisodiy rag‘batlantirish – moddiy
yordam berish (nikoh yoki yaqin qarindoshlarining to‘ylari munosabati
bilan, og‘ir kasallik bilan og‘riganda yoki yaqin qarindoshlari vafot etganda);
oylik maoshlariga qo‘shimcha (ustama)lar belgilash (oliy ta’lim muassasasida
olib borayotgan faoliyati nuqtai nazaridan);
moddiy rag‘batlantirish (bayram kunlari munosabati bilan, faoliyat turi
bo‘yicha erishgan yutuqlari asosida) tadbirlarini tashkillashtirishga e’tiborni
kuchaytirish ta’lim samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Zamonaviy sharoitda
innovasion faoliyatni rag‘batlantirish va uni ta’minlash o‘ziga xos
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, juda murakkab jarayon bo‘lib, unda
sub’yektlarning asosiy maqsadlari, manfaatlari, shuningdek, innovasion
jarayonning tarkibiy qismlarining qarama-qarshiliklari ham mavjud. Bizning
fikrimizcha, intellektual faoliyatning yaxshilanishiga erishish va shu bilan
birga, uning ishtirokchilari sonini kengaytirish muhim masala bo‘lib
hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda,
nostandart qarorlar qabul qilish, ijodkorlik muhitini rivojlantirish va olingan
natijalarni nazorat qilish lozim bo‘ladi. Biz bilamizki, bozor sharoitida
innovasion faoliyatning o‘zi yakuniy natija emas, uning tijorat natijasi muhim
hisoblanadi. Shu bilan birga, ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy
etish va ularni tijoratlashtirishning asosiy sharti – qulay innovasion muhitni yaratish va
iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish hisoblanadi. Bu xususiyatlar
innovatsiyalarni rag‘batlantirishning ahamiyatini oshirishga va uning tizimini
yangi bilimlarga ega bo‘lgan va ularni yaratadigan alohida xodimlarning ham,
birinchi navbatda iqtisodiyotning yuqori texnologiyali sektoridagi
tashkilotlarning innovasion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida
o‘zgartirish zarurligini bildiradi.
Innovasion faoliyatni rag‘batlantirish - bu motivatsiya funksiyasining
tarkibiy qismlaridan biri, u yagona kompleks bo‘lishi kerak, bir-birini
almashtiradigan va bir-birini to‘ldiruvchi qobiliyatga ega bo‘lib, asosiy
omillarni ko‘rib chiqish zarurligini belgilaydi va bir butun sifatida motivlar
va rag‘batlantirishlar tizimini yaratadi. Innovatsiyalarni rag‘batlantirishning bunday yaxlit tizimini yaratishning
boshlang‘ich nuqtalari uni amalga oshirishning yondashuvlari, shakllari va
darajalarini taqsimlashdir.
O‘qish motivatsiyasi, umumiy
kategoriya sanalgan motivatsiyaning shunday turiki, bunda “shaxs belgilangan
o‘quv faoliyatini asosan o‘quv jarayoni samaradorligini oshira olishini ko‘zda
tutgan holda, uni amalga oshirishga tayyor bo‘ladi”[2]. Harakat nazariyasiga asoslangan bu ta’rif, o‘rganuvchi shaxsning faol
ravishda o‘z vakolatlarini kengaytirishga intilishini ifodalaydi. O‘qish
motivatsiyasi “ma’lum manba yoki ko‘nikmalarni o‘rganishga bo‘lgan hohish yoki
niyat”ni o‘z ichiga oladi. Motivatsiya atamasi izohining ikkala shaklida ham
o‘qish samaradorligini oshirish yoki vakolatlarni kengaytirish qanday maqsadga
yo‘naltirilishi lozimligi ifodalanmagan. Ya’ni, o‘quv faoliyati yo o‘qishning
o‘zini hohlash tufayli, yo undan erishiladigan natijani ko‘zlab, amalga
oshirilishi mumkin. Shundan kelib chiqib, o‘qish motivatsiyasining quyidagi bir
necha shakllariga ajratishimiz mumkin:
Yutuqlar
motivatsiyasi bu- “ma’lum ko‘rsatkichlarni
majburiy deb bilib, amalga oshirilishi muvaffaqiyatga yoki muvaffaqiyatsizlikka
uchrashi mumkin bo‘lgan, o‘z harakatchanligini barcha sohalarda o‘stirish” ga
bo‘lgan intilish tushuniladi. Bunda majburiy hisoblangan ko‘rsatkichlarga
qaratilgan yuqori e’tibor tufayli, o‘rganilayotgan material ikkinchi darajaga
tushib qoladi. Misol uchun, biror bir kitobni o‘qib chiqishni ma’lum muddat
ichida bajarishni rejalashtirib, kitob sahifalari yoki mavzularini kunlar bo‘yicha taqsimlab olgan shaxsni
olaylik. U har kuni belgilangan miqdordagi sahifani o‘qishga intiladi, buning
oqibatida esa kitobning mazmuni ikkinchi darajaga tushib qoladi.
Yutuqlar motivatsiyasi
yutuqlar motiviga asoslangan aktual holatdir. Yutuqlar motivining ifodalanishi
ikki tarkibiy qismda belgilanadi: yutuqdan umid qilish va muvaffaqiyatsizlikdan
qo‘rqish.
Muvaffaqiyatsizlikdan ko‘ra
muvaffaqiyatning kutilishini ko‘proq maqsad qilgan kishilar yutuqqa
ishonuvchilar tarkibiga kirsa, aks holatdagilari yutqazishdan qo‘rquvchilar
safiga kiritiladi .
O‘qish motivatsiyasining yana
bir ko‘rinishida faoliyatning maqsadi olib borilayotgan faoliyatdan butunlay
tashqarida chiqib qoladi. Buning uchun ham bu ko‘rinishni ekstrizing (tashqi)
motivatsiya deb ataladi. Mazkur tushuncha bilan “biror bir o‘quv faoliyatini u
orqali ijobiy oqibatlar kelib chiqishi yoki salbiy oqibatlar bartaraf qilinishi
tufayli amalga oshirish”ga bo‘lgan hohish yoki niyat ifodalanadi.
Ekstrizing(tashqi) motivatsiya instrumental xarakterga
ega, ya’ni maqsadga erishish yo‘lidagi vositadir. Faoliyatning o‘zi umuman
quvonch olib kelmaydi, quvonch olib kelsada, uning oqibati kabi sermahsul
bo‘lmaydi. Faoliyatning oqibati esa intilishga arziydigan darajada baholanadi.
Ekstrizing motivatsiyaga an’anaviy misol sifatida ota-onasi tomonidan yaxshi baho uchun rag‘batlantiriladigan
o‘quvchining o‘zi sevmagan fanidan yaxshi baho olishga intilib, o‘qishini ko‘rsatish mumkin. Baholar huddi maqtov va jazolashlar kabi
ekstrizing motivatsiyalovchilar hisoblanadi.
“Faoliyatning o‘zi qiziqarli, o‘ziga tortuvchi ekanligi yoki qandaydir
qoniqish hosil qila olgandek, tuyulganligi tufayli ma’lum bir o‘qish
faoliyatini amalga oshirishga bo‘lgan hohish yoki niyat” deya izoh berilgani
tufayli intrizing (ichki) motivatsiya ancha vaqt davomida ekstrizing
motivatsiyaning aksi sifatida o‘rganib kelinadi. Shunday qilib, intrizing motivatsiyalashgan faoliyatda quvonch hissi
tuyuladi, o‘z-o‘ziga ishonch hissi ortadi, topqirlik sifati rivojlanadi.
Faoliyat uning oqibatida yuz beradigan natijani ko‘zlab emas, balki uning
o‘ziga bo‘lgan hohish tufayli amalga oshiriladi. Ekstrizing motivatsiyada esa
nisbatan yuzaki bo‘lgan strategiyalardan foydalaniladigan bir paytda, intrizing
motivatsiya uchun ancha chuqurroq o‘ylanishi kerak bo‘lgan o‘qish
strategiyasidan foydalanish zarur bo‘ladi[3]. Aynan shuning uchun ham, intrizing motivatsiya o‘quv jarayoni uchun
favqulodda muhim va maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Intrizing motivatsiya faoliyatga yo‘naltirilgan va
narsa-buyumga asoslangan shakllarga bo‘linsa-da, pedagogik kontekstda
narsa-buyumga yo‘naltirilgan shakli ko‘proq ahamiyat kasb etadi.
Voqealar ko‘pincha ham
ekstrizing ham intrizing motivatsiyalashgan bo‘ladi. Eng muhimi, o‘quv
faoliyati samaradorligi ekstrizing va intrizing komponentlarning bir-biri bilan
qanday munosabatda turganligi bilan belgilanadi. Ekstrizing va intrizing
motivatsiyalar konsepsiyasiga ilmiy adabiyotlarda juda ko‘plab qarashlar
berilgan .
“Qiziqish – individ uchun
muhim ahamiyat kasb etuvchi shaxs-predmet munosabatlarini anglatadi”. U doimo
aynan, ma’lum bir predmet yoki predmet sohasiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Agar
shu predmet shaxs uchun o‘ta yuqori qimmatga ega bo‘lsa, qiziqishning qiymatga
bog‘liq valentligi haqida, u bilan amalga oshiriladigan o‘quv jarayoni ijobiy
hislarga to‘la holda kechsa, hissiyotga bog‘liq valentligi haqida, predmet
bilan mashg‘ul bo‘lish tashqi ta’sirlarsiz amalga oshsa, intrizing komponentlar
haqida fikr yuritish mumkin. Qiziqishlar nisbatan uzoq vaqt davom etadi hamda
ularga o‘quv yurtidagi yutuqlarga bog‘liq holda erishiladi. An’anaviy bo‘lib
qolgan eski turdagi dars uslublaridan voz kechish, o‘quvchilarda darsga bo‘lgan
qiziqishning ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Zamonaviy
ta’lim tizimida innovasion faoliyatni rag‘batlantirish bir qator vazifalarni
amalga oshirilishi bilan tavsiflanadi (2.5 - rasm) .
2. 5 - rasm. Zamonaviy
ta’lim tizimida innovasion faoliyatni rag‘batlantirishning asosiy vazifalari[1]
Shunday qilib, inson
qiziquvchanligi ikkita tashkiliy qismdan iborat bo‘ladi. Xususan, ular bir
tomondan, yangilik yoki yangi narsaga tortilish, ikkinchi tomondan, qochishga
intilish. Agar ikkala qism bir-biri bilan tenglashtirilib, o‘rtacha darajadagi
yangilik berilsa, yangilik yoki yangi narsa bilan kuchli shug‘ullanishga olib
keluvchi qiziquvchanlik kelib chiqadi. Biror vaziyatda yangilik kamroq bo‘lsa,
inson u bilan kuchli va toqatli munosabatda bo‘lmaydi. Yoki, aksincha, biror
vaziyatda yangilikning haddan ziyod ko‘pligi kishida qochishga intilish
komponentining ko‘payishiga olib keladi va bu vaziyatdan u ortga chekinadi.
Zamonaviy sharoitida raqamlashtirish va ilg‘or innovasion texnologiyalarni
rivojlantirish sharoitida boshqaruvning murakkab jarayonlarini mikrodarajaga
olib tushish shakllanayotgan ta’lim boshqaruv tizimini tashkil qilishdagi
barcha elementlarni mos holga keltirishni talab qiladi. Shuboisdan ham, ta’lim muassasasi faoliyatini baholashning yangi usul va
shakllarini, shu jumladan mehnat munosabatlari va ko‘rsatkichlarini tahlil
qilishning yangi usullarini ishlab chiqishga ehtiyoj paydo bo‘lmoqda. Hozirgi
vaqtda kadrlarning noto‘g‘ri tanlanishi o‘z navbatida, tashkilotlar uchun ko‘p
yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi. Tashkilot rahbari yoki bevosita kadrlar bilan ishlovchi mutaxassisning kadrlarni
tanlashda e’tiborga olishi muhim bo‘lgan jihat - xodimning avval nima
qilganini emas, balki endi nima qila olishi mumkinligini bila olishdir. Shu
ma’noda, kadrlarni tanlash va ishga qabul qilish, boshqarish va salohiyatidan
unumli foydalanish jarayonida jahonning turli tashkilotlarida ko‘llab
kelinayotgan texnologiyalarni tadqiq etib, ulardan milliy iqtisodiyotimizda
foydalanish yo‘nalishlarini o‘rganish dolzarb masalaga aylanib bormoqda.
Ma’lumki, raqobat rivojlanib
borayotgan hozirgi zamonaviy bozor iqtisodiyotida inson resurslaridan samarali
foydalanish ahamiyati tobora ortib bormoqda. Shu boisdan ham, muassasa va xodimlar faoliyati samaradorligini
baholashga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu borada xalqaro tajribada xodimlar
faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlari KPI – Key Performanse Indicators – Eng muhim
samaradorlik ko‘rsatkichlari orqali baholanib kelinadi.
Bu jarayonning boshqa
tizimlardan afzalligi shundaki, muassasaning barcha xodimlari mas’uliyatini
oshirish hamda ular faoliyatining samaradorligini ko‘tarish maqsadida,
o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, moddiy rag‘batlantirish, muassasa faoliyatining
samaradorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lishi belgilangan.
Samaradorlik ko‘rsatkichi tizimi KPI ning vazifasi
ya’ni, muassasa faoliyati natijalarini baholash, strategik vazifalarning
aniqligini ta’minlash, asosiy e’tiborni muhim jarayonlar va jiddiy
ko‘rsatkichlarga qaratish, faoliyatdagi ko‘rsatkichlarning yaxshilanayotgani
yoki yomonlashayotgani haqida xabardor qilish, diqqat- e’tiborni talab qiluvchi
jiddiy omillarni bir xillashtirishdan iborat. KPI tizimining asosiy
ijobiy tomoni – bu barcha xodimlar uchun shaffof bo‘lgan mehnatni va umuman
korxona ishini baholash mexanizmining mavjudligidir.
KPI tizimini amalga oshirishda
asosiy vazifa - xodimlarning unga nisbatan salbiy munosabatini oldini olishdir.
Shu sababli, rahbariyat har bir bo‘ysunuvchiga yangiliklarning ma’nosi va
amaliy afzalliklarini aniq yetkazishi kerak, ularning ishi samaradorligi uchun
baholanishi va rag‘batlanishi haqida tushuncha berishi lozim. Bu yerda eng
yaxshi texnika mutaxassislarga aniq faoliyat bo‘yicha alohida vazifa
yuklatilganini tushuntirishdir.
2017-2023 yillarda Respublikamizda
halqimizni oliy ta’lim bilan qamrovi
darajasini oshirish maqsadida yangi 84 ta oliy ta’lim muassasalari, jumladan 52
ta mahalliy , 10 ta nodavlat va 22 ta xorijiy OTMlarining filiallari tashkil
etildi va ularning soni jami 156 taga yetdi. Yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab
olish darajasi 2017 yil 9,1%ni tashkil
etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2023 yilga kelib, 51,2%ga yetdi (2.1-jadval).
2.1-jadval
2017-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida bitiruvchilarni oliy ta’lim
bilan qamrab olish darajasi dinamikasi[2]
|
t/r
|
Ko‘rsatkichlar
|
2017y.
|
2018y.
|
2019y.
|
2020y.
|
2021y.
|
2022y.
|
2023y.
|
|
1
|
olish darajasi, %
|
9,1
|
15
|
20
|
25
|
28,8
|
35,5
|
51,2
|
|
|
O‘sish sur’atlari,%
|
100,0
|
164,8
|
133,3
|
125,0
|
115,2
|
123,3
|
144,2
|
2023 yil bitiruvchilarni
oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2022 yilga nisbatan 144,2%ni tashkil
etdi, 2017 yilga nisbatan esa 5,6 marta ortdi. Shu bilan birga, bu ko‘rsatkich
rivojlangan mamlakatlardagiga nisbatan
ancha past, jumladan Turkiyada 92,3%, Shveysariyada 86,9%, Daniyada 85,4%,
Rossiyada 84,2%, Yaponiyada 81,1%ni tashkil etadi.
Respublikamizda
innovatsiyalarni joriy etish borasida ham OTMlarning salmog‘i yildan yilga
ortib bormoqda (2.2-jadval).
2.2-jadval
Faoliyat sohalari bo‘yicha tashkilot va
muassasalar tomonidan bajarilgan ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari hajmi[3]
|
t/
r
|
Faoliyat
sohalari
bo‘yicha
tash-kilotlar nomi
|
O‘lchov
bir-ligi
|
2018y.
|
2019y.
|
2020y.
|
2021y.
|
2022y.
|
2023y.
|
|
1
|
Mln.
so‘m
|
314694,7
|
380808,7
|
395841,0
|
493543,4
|
|||
|
%
|
27,3
|
36,9
|
38,4
|
37,0
|
40,3
|
41,5
|
||
|
Mln.
so‘m
|
74036,0
|
106722,2
|
126470,7
|
184509,9
|
210727,3
|
245844,3
|
||
|
%
|
10,9
|
12,5
|
12,7
|
17,2
|
17,2
|
18,1
|
||
|
3.
|
Mln.
so‘m
|
414527,9
|
429183,7
|
480005,0
|
479907,4
|
512646,0
|
537341,9
|
|
|
%
|
61
|
50,3
|
48,4
|
44,9
|
41,8
|
39,6
|
||
|
4
|
notijorat
tashkilotlar
|
Mln.
so‘m
|
6070,2
|
2803,7
|
4744,7
|
9418,2
|
8755,5
|
9954,0
|
|
%
|
0,9
|
0,3
|
0,5
|
0,9
|
0,7
|
0,7
|
||
|
|
Mln.
so‘m
|
680038,0
|
853404,4
|
992029,1
|
1069676,5
|
1225672
|
1356426
|
|
|
%
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
2.2-jadval ma’lumotlariga
ko‘ra, 2018-2023 yillarda davlat
tashkiloti va muassasalari hamda Oliy ta’lim muassasalarida bajarilgan
ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik
ishlari hajmining o‘sish tendensiyasiga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda xususiy notijorat tashkilotlarda
esa ITTK ishlarining hajmi oshib borayotgan
bo‘lsada, ularning Respublikamizda jami faoliyat sohalari bo‘yicha bajarilgan
ITTK ishlarining hajmiga nisbatan salmog‘i pasayib borayapti.
2018 yil davlat tashkiloti va muassasalarida
185403,9 mln.so‘mlik ITTK ishlari bajarilgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib,
bu ko‘rsatkich 563285,9 mln.so‘mga yetdi, xususan ITTK ishlarini bajarishdagi salmog‘i 27,3%dan 41,5
%ga ortdi.Tahlil qilinayotgan davrda Oliy ta’lim muassasalarida ITTK ishlarining hajmi 74036,0
mln.so‘mdan 245844,3 mln.so‘mga yetkazildi, ya’ni 171808,3 mln.so‘mga yoki 3,3
marta ortdi. 2018 ITTK ishlarini
bajarishdagi salmog‘i 10,9 %ni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib, bu
ko‘rsatkich 18,1% yetdi, o‘sish sur’atlari esa 166,1% ekanini ko‘rishimiz
mumkin.
Fikrimizcha, Oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ITTK ishlarining hajmi hamda ularni joriy etish
samaradorligini oshirishda professor o‘qituvchilarni rag‘batlantirish, KPI tizimini qo‘llash maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Oliy ta’lim muassasalariga KPI
tizimini joriy etish, innovasion faoliyat samaradorligini oshirish hamda ITTK
ishlarini rag‘batlantirish tizimini tadqiq etish maqsadida Toshkent Moliya instituti, Farg‘ona politexnika instituti
hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat
instituti professor
o‘qituvchilari va
talabalari o‘rtasida Onlayn so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnomada jami 960
kishi Onlayn ishtirok etishdi.
Oliy ta’lim muassasalarida
professor o‘qituvchilari innovasion faolligini rag‘batlantirishning asosiy
ko‘rsatkichlari belgilab olindi, mazkur ko‘rsatkichlar asosida so‘rovnoma
ishlab chiqildi. Rag‘batlantirish turlarining tavsiflari so‘rovnoma
savollarini 3 ta katta guruhga bo‘lishga asoslangan bo‘lib, ularning har biri
rag‘batlantirishning ma’lum bir yo‘nalishi haqida ma’lumot olish imkonini
beradi.
Birinchi guruh savollari moddiy ehtiyojlarni qondirilish darajasini
aks ettiradi, hamda moddiy rag‘batlantirish shakllarida namoyon bo‘ladi. Ushbu guruh savollari va "Ha" va
"Yo‘q" javoblarining nisbati 2.3-jadvalda keltirilgan.
2.3-jadval
|
t/r
|
Savollar
|
Ha
|
Yo‘q
|
|
1.
|
O‘quv, ilmiy,
ma’naviy-ma’rifiy hamda tashkiliy ishlarda faol va boshqalarga o‘rnak bo‘la oladigan
eng yaxshi xodimlar to‘g‘risida oliy ta’lim muassasasi sayti orqali professor-o‘qituvchilarni namoyish etib borish
|
54
|
128
|
|
2.
|
50
|
90
|
|
|
3.
|
Rahbar tomonidan
xodimni tug‘ilgan kuni
munosabati bilan jamoa a’zolari davrasida iliq maqtovlar va sovg‘alar bilan
tabriklash
|
112
|
46
|
|
4.
|
O‘zaro ishonch va hurmatga
asoslangan demokratik boshqaruv uslubini kengroq qo‘llash, ko‘proq ijodiy mustaqillik
berish
|
62
|
104
|
|
Ta’lim
muassasasida ko‘p yillardan beri yuksak darajada faoliyat olib borayotgan
xodimlar uchun “Ta’lim muassasasi
fahri” taxtasini joriy etish
|
100
|
84
|
|
|
76
|
54
|
||
|
|
Jami
|
454
|
506
|
2.3-rasm. Ma’naviy ehtiyojlarni qondirish darajasi
Tadqiqotlar jamoada
rahbar tomonidan xodimni tug‘ilgan kuni munosabati bilan jamoa a’zolari
davrasida iliq maqtovlar va sovg‘alar bilan tabriklash, ta’lim muassasasida
ko‘p yillardan beri yuksak darajada faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun “Ta’lim muassasasi fahri” taxtasini joriy
etish hamda ta’lim muassasasiga
yangi ishga kelgan xodimlarga har jabhada yordam ko‘rsatish borasida
ishlarning yaxshi yo‘lga qo‘yilganligini
ko‘rsatadi. Shu bilan birga, o‘quv,
ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda tashkiliy ishlarda faol va boshqalarga o‘rnak
bo‘la oladigan eng yaxshi xodimlar to‘g‘risida oliy ta’lim muassasasi sayti
orqali professor-o‘qituvchilarni
namoyish etib borish, yuqori natijalarga erishayotgan xodimlar
suratlarini “Hurmat taxtasi”sida aks ettirish, hamda o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan demokratik boshqaruv uslubini
kengroq qo‘llash, ko‘proq ijodiy mustaqillik berish oliy ta’lim muassasida
ishchilarning innovasion faolligini oshirishga imkon beradi.
2.4-jadval
|
t/r
|
Savollar
|
Ha
|
Yo‘q
|
|
1.
|
Ishlash sharoitini yaxshilash (xonalarni sovutish, isitish va yoritish
moslamalari bilan jihozlash hamda shovqindan himoyalash)
|
82
|
68
|
|
Qulay va arzon ovqatlanishni
tashkillashtirish
|
50
|
100
|
|
|
3.
|
Sifatli tibbiy
xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash
|
32
|
88
|
|
O‘z vaqtida malaka oshirishlarini
tashkillashtirish
|
82
|
68
|
|
|
5.
|
Bayram kunlarida ko‘ngilli konsert dasturlari va
bayram dasturxonlarini yozish
|
39
|
36
|
|
6.
|
Tyeatr va muzeylarga jamoadoshlar birgalikda
tashrifini tashkillashtirish
|
50
|
40
|
|
7.
|
Universitet tomonidan rivojlangan xorij OTMlarida malaka oshirishni
tashkillashtirish
|
52
|
112
|
|
8.
|
90
|
60
|
|
|
|
Jami
|
468
|
492
|
Ikkinchidan, oliy ta’lim muassasida
innovasion faoliyatni rag‘batlantirishga professor o‘qituvchilarning hamda
talabalarning mehnat qobiliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq omillar o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi(2.4-jadval).
2.4-jadval ma’lumotlaridan tadqiqot ob’yekti
qilib qabul qilingan OTMlarida professor
o‘qituvchilarning mehnat qobiliyatini
saqlash va rivojlantirish borasida ishlash
sharoitini yaxshilash, xususan xonalarni sovutish, isitish va yoritish
moslamalari bilan jihozlash hamda shovqindan himoyalash, o‘z vaqtida malaka
oshirishlarini tashkillashtirish, bayram kunlarida ko‘ngilli konsert dasturlari
va bayram dasturxonlarini yozish, teatr va muzeylarga jamoadoshlarning
birgalikdagi tashrifini tashkillashtirish hamda ilg‘or sanoat korxonalarida
professor o‘qituvchilarning stajirovkasini tashkil etish ishlari yaxshi yo‘lga
qo‘yilgan. Shu bilan birga, OTMda qulay va arzon ovqatlanishni
tashkillashtirish, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash, hamda universitet tomonidan rivojlangan xorij
OTMlarida malaka oshirishni tashkil
etish OTMlari professor o‘qituvchilarning mehnat qobiliyatini
rivojlantirish, ularning innovasion faolligini oshiradi, deb
hisoblaymiz.
2.4-rasm. Mehnat qobiliyatini saqlash va rivojlantirish darajasi
Uchinchidan, ijtimoiy–iqtisodiy rag‘batlantirish omillari o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi(2.5-jadval).
|
t/r
|
Savollar
|
HA
|
YO‘Q
|
|
1.
|
Oliy ta’lim muassasasida
olib borilayotgan faoliyat nuqtai nazaridan oylik maoshlariga qo‘shimcha (ustama)lar belgilash
|
124
|
22
|
|
2.
|
Bayram
kunlari munosabati bilan moddiy
rag‘batlantirish
|
68
|
92
|
|
3.
|
Nikoh
yoki yaqin qarindoshlarining to‘ylari munosabati bilan, og‘ir kasallik bilan
og‘riganda yoki yaqin qarindoshlari vafot etganda moddiy
yordam berish
|
58
|
84
|
|
4.
|
Yaratilgan
darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya chop
etganligi uchun bir martalik to‘lov yoki mukofot beriladimi?
|
112
|
58
|
|
5.
|
Talabalarning
mustaqil ishini bajarishi
bilan bog‘liq vazifalarda
ortiqcha yuk bor
|
78
|
106
|
|
6.
|
Scopus yoki Web of Science bazalariga
kiritilgan Q4 jurnallardagi ilmiy maqola uchun bir martalik to‘lov yoki
mukofot beriladimi?
|
88
|
70
|
|
|
Jami
|
528
|
432
|
Ushbu guruh savollarida "Yo‘q" javoblarining
ustunligi bizga nikoh yoki yaqin qarindoshlarining to‘ylari munosabati bilan,
og‘ir kasallik bilan og‘riganda yoki yaqin qarindoshlari vafot etganda moddiy yordam berish, yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar uchun bir
martalik to‘lov yoki mukofot berilishiga e’tibor qaratish zarurligi, hamda
talabalarning mustaqil ishini bajarishi bilan bog‘liq vazifalarda ortiqcha yuk borligi vauni o‘quv yuklamasiga kiritish tavsiya etilishi
haqida xulosaga olib keladi. Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasasida olib
borilayotgan faoliyat nuqtai nazaridan oylik maoshlariga qo‘shimcha (ustama)lar
belgilanishi, bayram kunlari munosabati bilan moddiy
rag‘batlantirish, hamda Scopus yoki Web of Science bazalariga kiritilgan Q4
jurnallardagi ilmiy maqola uchun bir martalik to‘lov yoki mukofot berilishi OTM
professor o‘qituvchilarining innovasion faoliyatini rag‘batlantirishga xizmat
qiladi.
2.5-rasm. Ijtimoiy–iqtisodiy
rag‘batlantirish darajasi
OTMlarida professor
o‘qituvchilarning faoliyatini rag‘batlantirishda ularning mehnati
samaradorligini baholash hamda ularni yanada yaxshiroq ishlashga undashda KPI
tizimini joriy etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunda biz, eng avvalo OTMning rivojlanish strategiyasini va biznes jarayonlarni tushunishimiz, uning
rivojlanishidagi ustuvorliklarni aniqlab olishimiz, so‘ngra oldimizga
qo‘yiladigan asosiy maqsad, ya’ni nima qilishimiz kerakligini belgilab
olishimiz, faoliyat natijasini qanday o‘lchashimiz mumkinligi va ish rejasi
qanday tuzilishi kerakligini ishlab chiqishimiz kerak bo‘ladi(2.6-rasm).
2.6-rasm. Oliy ta’lim
muassasalari professori o‘qituvchilari faoliyatining
samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI
) [1]
KPI ko‘rsatkichi orqali Oliy
ta’lim muassasalari, kafedralar hamda har bir professor o‘qituvchi
innovasion faoliyatining samaradorlik darajasini baholash mumkin.
Innovasion faoliyat samaradorligini – ITTK ishlarini moliyalashtirish hajmini tovar va
xizmatlarni sotishdan olingan tushumga nisbati ko‘rinishida aniqlanadigan, ITTKIni moliyalashtirishning innovasion
faoliyat natijasida olingan daromaddagi salmog‘i (X1) ko‘rsatkichi, joriy yilda
ishlab chiqarishga tadbiq etilgan ITTK ni
moliyalashtirish hajmini, ITTK ni moliyalashtirishning umumiy
hajmiga nisbati ko‘rinishida aniqlanadigan salmoq ko‘rsatkichi (X2),
hamda joriy yildagi mehnat unumdorligini o‘tgan davr ko‘rsatkichiga nisbati
ko‘rinishida aniqlanadigan, ITTKga qilingan harajatlar hisobiga mehnat
unumdorligi o‘sishi(X3)ning integral ko‘rsatkichi sifatida
aniqlanishi mumkin[2].
X2 =Ishlab chiqarishga
joriy etilgan ITTK ni moliyalashtirish *100%
ITTK ni
moliyalashtirishning umumiy hajmi
X3 = Joriy yil uchun mehnat unumdorligi *100%
O‘tgan yildagi mehnat
unumdorligi
X1 ni quyidagicha
hisoblash tavsiya etiladi:
U(X1)=Haqiqatda ITTKIni
moliyalashtirishning daromadga nisbati *100
Reja bo‘yicha ITTKIni moliyalashtirishning daromadga nisbati
Innovasion faoliyat
samaradorligining integral ko‘rsatkichi quyidagicha
aniqlanadi:
Innovasion faoliyat samaradorligining integral
ko‘rsatkichi = 0,2 × U(X1) + 0,2 × X2 + 0,6 × X3 .
Integral ko‘rsatkich foizlarda aniqlanadi,
hamda 100%dan yuqori qiymat ham qabul qilishi mumkin. Integral ko‘rsatkichning
100% bo‘lishi innovasion rivojlanish rejaga muvofiq ekanligini, shu bilan
birga, o‘tgan davrga nisatan joriy yilda mehnat unumdorligi o‘smaganligini, 100
%dan yuqori bo‘lishi esa innovasion rivojlanish o‘tgan davrga nisbatan
yaxshilanganligini ko‘rsatadi.
Oliy ta’lim muassasalarida innovasion faoliyat
samaradorligini oshirishda, ITTK ni
moliyalashtirishning o‘rni katta, shu boisdan ham, tadqiqot ishimizda ta’lim
tizimida ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini tijoratlashtirish holatini ham tahlil qilishni joiz, deb hisoblaymiz.
[2]Ўзбекистон республикаси
олий таълим, фан ва
инновациялар вазирлиги маълумотлар асосида муаллиф томонидан тузилган.
[2] Rheinberg, F.; Krug, S.:
Motivationsförderung im Schulalltag. Göttingen: 1999 S.30
[3] Ziegler, A.: Motivation. IN: Perleth,
C.; Ziegler, A. (Hrsg.): Pädagogische Psychologie.
Grundlagen und Anwendungsfelder. Bern; Göttingen: Verlag Hans Huber 1999, S.
103-112.