06.08.2025
21:49

2.3. Ta’lim tizimida ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini tijoratlashtirish

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, ilmiy-innovasion va tijoratlashtirish mexanizmini takomillashtirish  faoliyatini tashkil etish  innovatsiyalar va tadqiqotlar natijalarining tijoratlashtirilishini namoyon etadi. Ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, bozor munosabatlarining tobora chuqurlasha borishi  bilan kuchli raqobatlashuv  sharoitlarida korxona va tashkilotlarning yashab qolishini ta’minlashning asosiy shartlaridan biri bo‘lib, ilmiy asoslarda ishlab chiqarish texnologik zanjirini shakllantirish hisoblanadi. Bu oliy ta’lim muassasalarida  ta’lim, ilmiy-innovasion va tijoratlashtirish   faoliyatini tashkil etish mexanizmini takomillashtirish   uchun katta imkoniyatlarni yaratib beradi[1].
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish masalasi bo‘yicha 2030 yilgacha butun mamlakat bo‘ylab amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maqsad va vazifalar belgilab berilgan bo‘lib, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi, oliy ta’lim muassasalarining ishlab chiqarish korxonalariga kirib borishi, ko‘p tarmoqli o‘zaro harakatlar sohasida umumiy tarmoqning shakllantirilishi kabi masalalarni qamrab oladi. Aynan, mana shu masalalarning ijobiy va o‘z vaqtida hal etilishi mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari uchun nufuzli xalqaro ta’lim reytinglariga yo‘l ochadi, tijoratlashtirish faoliyatining samarali tashkil etilishiga sharoit yaratadi.
Xuddi tadbirkorlik sohasida bo‘lgani kabi mulkchilik shakllarining o‘zgarishi oliy ta’lim muassasalarining rivojlanish davrida tijoratlashtirish shart-sharoitlari bilan birga borishi zarur. Qayd etib o‘tish kerakki, hozirgi kunda O‘zbekistonda 150 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lib, ularning deyarli yarmi Toshkent shahrida joylashgan. Oliy ta’lim muassasalari sonining ortishi ular orasidagi raqobatning kuchayishiga, buning natijasida esa, ta’lim sifatining bilvosita ortishiga olib kelishi kerak. Oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasida raqobat kurashi shunchalik kuchayadiki, natijada faqat oliy ta’lim sifatini ta’minlay oladigan oliy ta’lim muassasalarigina bozorda yashab qola biladilar[2].
Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, ilmiy-innovasion va tijoratlashtirish faoliyatini tashkil etish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajribalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, mazkur modelga o‘tish jarayonida quyidagi asosiy yo‘nalishlar shakllanadi:
            OTMlar innovasion rivojlanish jarayonining barcha ishtirokchilari – ta’lim oluvchilar, ta’lim beruvchilar, tadqiqotchilar, rahbar xodimlar ongida ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarini tijoratlashtirishning mohiyati va ahamiyati haqida tushunchaning shakllanishi;
            ilmiy-texnik tadqiqotchilik faoliyati va uning natijalarini tijoratlashtirishni faollashtirish motivatsiyasi tizimini yaratish, OTM larda tadbirkorlik madaniyati va muhitini shakllantirish;
            OTMda innovasion jarayonlarni tashkil etish va ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishga urg‘u berish bilan ularni qo‘llab-quvvatlash;
            OTMda innovasion faoliyatni va ilmiy-tadqiqotlar natijalarining tijoratlashtirilishini faollashtirish.
Bularning barchasi mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, ilimiy-innovasion va tijoratlashtirish faoliyatini tashkil etish mexanizmini takomillashtirishga, oliy ta’lim muassasalarida tijoratlashtirish faoliyatining rivojlanishiga zamin hosil qiladi.
Bu fikr-mulohazalar asosida shuni ta’kidlash mumkinki, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy va innovasion va tijoratlashtirish faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, mehnat jamoasida barcha rahbar va professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, har bir ilmiy va innovasion jarayonni to‘g‘ri boshqarish har qanday oliy ta’lim muassasasining muhim vazifalaridan biridir.
Shundan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi faoliyatida samarali innovasion va ilmiy ishlarni amalga oshirish, ilmiy-texnik kadrlar zaxirasini yaratish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish yo‘nalishlariga muvofiq, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun ilmiy tashkilotlar va tadbirkorlik vakillari bilan hamkorlik qilish masalalari hal etiladi. Bugungi kunda zarur bo‘lgan innovasion ishlanma, tadqiqotchi – bo‘lajak olim o‘rinbosarlari bo‘lgan eng iqtidorli talabalarni tanlab olish va ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tayyorlash, xalqaro miqyosdagi ilg‘or ta’lim texnologiyalarini o‘zlashtirish maqsadida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish darajasi - bularning barchasi mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari uchun dolzarb va eng muhim vazifalardir.
 oliy o‘quv yurtlarida boshqaruv tizimini shakllantirish jarayonida e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan iqtisodiy nazariyalarning mohiyatini tahlil qilish;
 universitet boshqaruv tizimiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan global va milliy tendensiyalarni o‘rganish;
 pandemiya davrida universitet boshqaruv tizimida kuzatilgan asosiy muammolarni o‘rganish;
tahlil natijalari asosida universitet boshqaruv tizimining iqtisodiy mohiyatini oydinlashtirish.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarining rivojlanishi ularning tadbirkorlik universiteti shakliga o‘tib borishlari bilan bog‘lanib, bu mumtoz universitet shaklidan farq qilgan holda, ta’lim berish, ilmiy-tadqiqotchilik va tadbirkorlik faoliyatlarining birgalikda olib borilishini hamda mana shu yo‘l bilan oliy ta’lim muassasalarining davlat byudjetiga bog‘lanib qolmagan holda, mustaqil ravishda o‘zlarining qo‘shimcha daromad manbalariga ega bo‘lishlarini ko‘zda tutadi. Bunday tipdagi oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislarning tayyorlanishi bir tomondan innovatorlar avlodini o‘qitib, ishlab chiqarishga tayyorlashga, ikkinchi tomondan esa iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun innovasion g‘oyalarni va mahsulotlarni yaratib, ishlab chiqarishga qaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantipish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonida mamlakatimiz ilmiy-tadqiqotchilik va innovasion-tadbirkorlik muhitini yaratish ko‘zda tutilgan, bu mamlaktimiz oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish borasida belgilangan eng muhim vazifalardan biri sifatida olib qaraladi. Jumladan, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish borasida ilmiy-tadqiqotchilik, innovasion va tadbirkorlik infratuzilmasini majmuaviy tarzda rivojlantirish, innovasion mahsulotlarni yaratish ishlarini amalga oshiradigan va ularning bunday intelelktual faoliyat natijalarini tijoratlashtiradigan oliy ta’lim muassasalarini shakllantirish ham muhim masalalardan biri bo‘lib, hisoblanadi hamda ularni amalga oshirish quyidagi bir qator chora-tadbirlarning ro‘yobga chiqarilishini ko‘zda tutadi:
oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlaridagi o‘quv-dasturiy hujjatlarga innovasion, ixtirochilik va tadbirkorlik faoliyati masalalarining o‘zaro bog‘langan holda, tizimli o‘rganilishi, biznes-muhitning shakllantirilishiga qaratilgan hamda biznes-inkubatorlarda start-aplarning amalga oshirilishini, amaliy va ilmiy-yo‘naltirilgan o‘qitish doirasida yuqori texnologiyali loyihalarning jamoaviy bajarlishini rag‘batlantiradigan o‘zgarishlar hamda qo‘shimchalar kiritish;
innovasion infratuzilma (ilmiy-texnologik parklar, texnologiyalarni transfer qilish markazlari), tarmoq laboratoriyalari, biznes-inkubatorlarni tashkil etish, shuningdek, yakuniy bosqchida innovasion mahsulotning yoki intellektual faoliyatning natijalari tijoratlashtirilishiga yordam beradigan ilmiy-tadqiqotchilik, innovasion ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirish.
Hozirda yuqori tijorat salohiyatiga ega texnologiyalarga ustuvorlik berilishi, innovasion texnologiyalarni nafaqat texnik xususiyatlar bo‘yicha, balki tijorat ko‘rsatkichlari bo‘yicha, xususan, investisiya qilingan harajatlarni qoplash muddatini hisobga olgan holda, samaradorlik darajasi bo‘yicha ham baholashni talab qiladi. Shuningdek, tayyor mahsulotni, ya’ni ishlab chiqarilgan yangi asbob-uskunalar yoki texnologiyalarni va ishlab chiqarish usullarini lisenziyalash shaklida texnologik ma’lumotlarni ishlatish hamda sotish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish muhim bo‘lib, innovasion faoliyatni rivojlantirish uchun zamonaviy talablarga javob beradigan innovasion infratuzilmani yaratish lozim buladi.
Innovasion infratuzilma deganda, oliy ta’lim muassasasining o‘zaro bog‘langan tuzilmalari va sub’yektlari jamlanmasi tushunilib, bunda u innovasion jarayonlarni, shu jumladan, ilmiy va innovasion faoliyat bo‘yicha tashabbuslarni boshlash, ularning shart-sharoitlari va resurslarini izlab topish hamda bevosita ilmiy-innovasion jarayonlarning o‘zini amalga oshirish, shakllantirilgan ilmiy-innovasion faoliyat natijalarining tijoratlashtirilishi va uning natijalari transfer qilinishini ta’minlaydi.
Har bir oliy ta’lim muassasasi o‘z innovasion faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishida xorijdagi nufuzli ilmiy markazlar, dunyo reytingida 1000 talikka kirgan oliy ta’lim muassasalarida orttirilgan tajribalar va mamlakatimiz oliygohlari faoliyatining tanqidiy tahlillariga tayangan holda, ish ko‘rishlari kerak. Bunda, oliy ta’lim muassasasisining faoliyat diversifikatsiyasini ta’minlashi, moliyaviy barqarorlikka erishishi uchun tijoratlashtirishning turli ilg‘or mexanizmlarini izlashi talab etiladi.
Halqaro  oliy ta’lim muassasalari ilmiy faoliyatiga investisiya kiritishning keng tarqalgan ikkita mexanizmidan foydalaniladi:
spin-off korxonalarini ochish;
endaument fondlarni tashkil etish.
Spin-off korxonalari (SK) oliy ta’lim muassasasidan ajralmagan holda, uning qoshida oliygoh professor-o‘qituvchilari yoki talabalari tomonidan tashkil etilgan, innovasion g‘oya va ishlanmalarni halq ho‘jaligida joriy etuvchi ishlab chiqarish korxonalaridir.  SK oliy ta’lim muassasasi ta’sischiligida davlat- xususiy sherikchiligi (DXSH) shaklida tashkil etilib, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi. SK ning ustav jamg‘armasida OTM ning ulushi 50% va undan yuqori qilib belgilanadi(2.7-rasm).

2.7-rasm. Spin-off korxonalarini tashkil etish bosqichlari
 
SK ni tashkil etishdan asosiy maqsad OTMning ilmiy izlanishlarini tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish hamda faoliyat natijasida olingan daromadini OTM moddiy texnika bazasini rivojlantirishga yo‘naltirish hisoblanib, ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi. Xususan, birgina Massachusets texnologiya institutining atrofida 35 mingdan ortiq spin-off kompaniyalar mavjud bo‘lib, yillik aylanmasi dunyoning 13ta davlati yalpi ichki mahsuloti bilan teng. AQSH, Germaniya, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya singari mamlakatlarning dunyo reytingida yetakchi bo‘lgan OTMlari innovatsiyalar, ilmiy ishlanmalarni hayotga tatbiq etish orqali yillik umumiy daromadining 25-30 foizini ishlab topadi, ushbu natijalarga erishish uchun yillik daromadning 20 foizi yana qayta ilm-fanga yo‘naltiriladi, infrastrukturani yaxshilashga sarflanadi.
ОТМ
Марказлар
Ҳиссадорлик асосидаги жамият
Унитар корхона
Спин-офф МЧЖ
Спин-офф УК
ОТМ таркибида фаолият юритади ва бир вақтнинг ўзида бир нечта спин-офф корхоналарини ўзида бирлаштиради.Кафедранинг ўқув-илмий лаборатория базасига киради. Корхона ташкилотлардан бевосита  буюртмалар қабул қилади.
Лойиҳани экспертизадан ўтказади ва хулоса беради.
Хўжалик фаолиятини юритиш бўйича маслаҳатлар беради.
Фаолиятни назорат қилади.
Доимий мониторинг ўтказади.
Ҳисоботларни  қабул қилади.
ОТМ бошқарув тузилмаси
Тижоратлаштириш бўлими
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

            
2.8-rasm. Spin-off korxonalarining OTM tashkiliy boshqaruv tuzilmasidagi o‘rni
       Spin-off korxonalari oliy ta’lim muassasasining tashkiliy boshqaruv tuzilmasida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, yuridik va jismoniy shaxslar bilan korxona  faoliyatiga doir shartnomaviy  munosabatlarni amalga  oshiradi. Spin-off korxonalari OTMning o‘quv-ilmiy laboratoriya bazasiga kiradi, talabalar amaliy mashg‘ulotlarini bevosita ishlab chiqarish korxonasida o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladilar. Mazkur holat esa, ularda amaliy  kompetensiyalarning shakllanishiga yordam beradi. Korxona va tashkilotlardan bevosita  buyurtmalar qabul qiladi, oliy ta’lim muassasasining innovasion ishlanmalarini tijoratlashtirishda, moliyaviy
ОТМнинг бюджетдан ташқари маблағлари
ОТМ Кенгаши
Қарор қабул қилади
Инновацион жамғарма
Эндаумент фонд
Унитар корхона
(100%  улуш OTM)
 
Спин-офф МЧЖ
(51% улуш OTM)
Унитар корхона
(100%  улуш OTM)
 
Спин-офф МЧЖ
(51% улуш OTM)
Спин-офф МЧЖ
(51% улуш OTM)
barqarorligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi (2.9-rasm).
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

2.9-rasm. Spin-off korxonalarining OTM moliyaviy tuzilmasidagi o‘rni
 
Endaument fond – ta’lim, ilm-fan  va boshqa ijtimoiy yo‘nalishlarni qo‘llab-quvvatlovchi, OTM  qoshida tashkil etilgan maqsadli jamg‘armadir. Rivojlangan davlatlar endaument fond(EF) faoliyatini muvofiqlashtiruvchi milliy qonunchiligiga ega. EF korxona va jismoniy shaxslarning xayriya mablag‘lari va mol-mulki hisobiga shakllanadi va yig‘ilgan mablag‘larni bank depozitlariga, qimmatli qog‘ozlarga joylashtirish, EF egasi qoshida tashkil etilgan spin-off korxonalarining aylanma mablag‘larini ko‘paytirishga  yo‘naltirib, undan olingan daromadni EF egasining belgilangan maqsadlariga yo‘naltiradi. To‘plangan moliyaviy mablag‘ni OTM ta’lim va ilmiy infrastrukturasini yaxshilash, innovasion loyihalarni amalga oshirishga jalb qilishi mumkin. AQSHdagi  nufuzli oliy ta’lim dargohlari faoliyati o‘rganilganda, yillik daromadning 25 foizgacha qismi endaument fondlar hisobidan shakllanishi aniqlandi, jumladan Arizona davlat universitetida EF 983.8 million dollarga teng. EF oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy barqarorligi va erkinligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega(2.10-rasm).
.
Олий таълим муассасаларининг қўшимча даромад манбалари
Нуфузли ОТМлариниг эндаумент фонди  миқдори
Европа ва АҚШ  ОТМларининг бюджети тузилмаси
  
   Гарвард университети – 3,4 млрд.$
   Ийел университети – 1,7 млрд.$
   Стенфорд университети – 1,5 млрд.$
 
Эндаумент фонди ажратмалари -34,5%
 Спин-офф корхоналари фаолияти-23,8%
 Тўлов контракти тушумлари – 14,2%
 Бошқа тушумлар – 27,5%
 
 
        Spin-off korxonalarini ochish hamda endaument fondlarni tashkil etish oliy ta’lim muassasalarining qo‘shimcha daromad manbalarini shakllantirishda asosiy o‘rin tutadi. 2.10- jadvalda nufuzli OTMlarinig endaument fondi  miqdori keltirilgan bo‘lib, bunda mazkur universitetlarning yillik byudjetida    Garvard universiteti – 3,4 mlrd.$,  Prinston universiteti – 1,9 mlrd.$, Iyel universiteti – 1,7 mlrd.$,    Stenford universiteti – 1,5 mlrd.$ ni tashkil etadi. Yevropa va AQSH  OTMlarining byudjetida endaument fondi ajratmalari o‘rtacha 34,5%, spin-off korxonalari faoliyatining salmog‘i o‘rtacha 23,8%, to‘lov kontrakti tushumlari o‘rtacha 14,2% hamda boshqa tushumlar 27,5%.
Endaument fondni amalga oshirish mexanizmini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, avvalom bor jismoniy yoki yuridik shaxs endaument fondga mablag‘ kiritishi kerak (2.11-rasm).
Жисмоний ёки юридик шахс Эндаумент фондга маблағ киритади
Эндаумент фонд тўпланган маблағлар ва мол-мулки даромад олиши учун депозит ёки бошқа инвестицион воситаларга йўналтиради
Инвестиция, воситалар
Эндаумент фонд инвестицион даромад олиши учун капитални  реинвестиция қилади
Эндаумент фонд инвестицион даромад олади
Эндаумент фонд олинган даромадни ОТМга тақдим этади
Профессор-ўқитувчи
ларни рағбатлан
тириш
Ҳалқаро дастурларни ривожланти
риш
Талабаларни қўллаб-қувватлаш. Грантлар ажратиш
Олимпиада ва турнирлар ташкил этиш
Ёш олимларнинг инновацион, амалий ва фундаментал лойиҳаларини  қўллаб-қувватлаш
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

        So‘ngra, endaument fond to‘plangan mablag‘lar va mol-mulki daromad olishi uchun depozit yoki boshqa investision vositalarga yo‘naltiradi. Endaument fond investision daromad olishi uchun kapitalni  reinvestisiya qilishi mumkin. Kiritilgan investisiyalardan daromad olinadi va endaument fond olingan daromadni OTMga taqdim etadi. Olingan daromad yosh olimlarning innovasion, amaliy va fundamental loyihalarini  qo‘llab-quvvatlashga, olimpiada va turnirlar tashkil etishga, talabalarni qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar ajratishga, professor-o‘qituvchilarni rag‘batlantirishga hamda halqaro dasturlarni rivojlantirishga taqsimlanadi.
Nufuzli xorij OTMlaridan Janubiy Koreyaning Xanyang universiteti hamda Italiyaning Turin politexnika universiteti byudjetining daromadlar qismini qiyosiy tahlil qiladigan bo‘lsak, innovasion faoliyatni tijoratlashtirishning OTM byudjetini shakllanishida o‘rni katta ekanligini ko‘rishimiz mumkin(2.6-jadval).
Oliy ta’lim muassasalari  byudjeti daromad qismining shakllanishi
t/r
Ko‘rsatkichlar
Janubiy Koreya Xanyang universiteti
Turin politexnika universiteti
 
1.
 37
12
2.
Korxona grantlari,%
13
58
3.
Innovasion faoliyat,%
32
22
4.
Ilmiy faoliyat%
2
4
5.
Boshqa daromadlar,%
16
4
6.
Universitetning yillik byudjeti mln. $
852
297
7.
Kontingent
32673
36575
8.
To‘lov kontrakt summasi,  $
10000
3500
 
Janubiy Koreya Xanyang universiteti byudjetining daromadlarida to‘lov-kontrakt tushumlaridan keyin, innovasion faoliyat hisobiga olingan daromadlar eng katta salmoqqa ega bo‘lib, jami daromadning 32%ini tashkil etadi. Shuningdek, korxona grantlari evaziga erishilgan daromadning ham hajmi katta,13%ni tashkil etyapti.
Italiyaning Turin politexnika universiteti daromadlarida to‘lov kontrakt tushumlari 12%ni tashkil etgani holda, korxona grantlaridan olingan daromad eng katta salmoqqa ega bo‘lib, 58%ni tashkil etyapti.  Universitetda ilmiy faoliyatni tijoratlashtirish borasida ham katta yutuqlarga erishilgan, xususan mazkur omil hisobiga korxona daromadlarining 22 %iga erishilgan.
Fikrimizcha, oliy ta’lim muassasalari  byudjetining harajat qismini ham tahlil qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi (2.7-jadval).
                                                                                                          2.7-jadval
Oliy ta’lim muassasalari  byudjeti harajatlar qismining taqsimlanishi
t/r
Ko‘rsatkichlar
OTM byudjetining harajat qismi, %
Turin politexnika universiteti
 
1.
34
23
2.
Xodimlar bilan bog‘liq harajatlar,%
29
57
3.
Uzoq muddatli majburiyatlar,%
11
12
4.
Saqlash harajatlari,%
7
7
5.
Boshqa harajatlar,%
19
1
6.
852
297
7.
Kontingent
32673
36575
8.
Talabalarga ajratiladigan mablag‘lar, ming $
103,2
37,8
 
Janubiy Koreyaning Xanyang universiteti byudjeti harajatlarida ilmiy izlanishlarga sarflangan harajatlar universitetning yillik byudjetiga nisbatan 34% ga teng bo‘lib, 289,7 mln.dollarni tashkil etyapti (852*34:100 =289,7). Bu ko‘rsatkich talabalarga ajratiladigan mablag‘larga nisbatan 2,8 marta katta.
Italiyaning Turin politexnika universitetida esa byudjeti harajatlarining katta qismini xodimlar bilan bog‘liq harajatlar tashkil etib, 57%ga teng bo‘lib, o‘z navbatida xodimlar tomonidan bajarilgan grant loyiha ishlari hisobiga daromadlarning 58%i shakllangan. Ilmiy izlanishlarga esa universitet yillik byudjetining 23%i sarflangan.
Iqtisodiyotning globallashuvi bilan oliy ta’lim tizimi oldida global bozorlarda tezkor o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashgan holda, faoliyat yuritishga qodir bo‘lgan kadrlarni tayyorlash bilan bog‘liq maqsadlar yuzaga kelmoqda. Bunda, oliy ta’lim tizimi  globallashuv, hamda baynalmilallashuv jarayonlariga tortilib, bu jarayonlar oliy ta’lim sifatini oshiradi, shuningdek, yangi bilim, mahorat va ko‘nikmalarni orttirish maqsadlarida xorijiy talabalarning jalb etilishi imkoniyatlarini ham oshiradi, deb hisoblaymiz.
Farg‘ona politexnika institutida to‘plangan xorijiy tajribalar asosida,  oliy ta’lim muassasalari ilmiy faoliyatiga investisiya kiritishning keng tarqalgan ikkala mexanizmdan  ham foydalaniladi. Institutning ilmiy salohiyatini yuksaltirish uchun Amerika, Yevropa, Osiyo qit’asidagi o‘ttizdan ortiq oliy ta’lim dargohlari bilan ta’lim, ilm-fan, kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik qilishga kelishib olingan. Berlin texnika universiteti, Turin politexnika universiteti, Tomsk politexnika universiteti, Janubiy Koreya Gyongsang milliy universiteti, Pittsburg universiteti, Qozog‘istonning Al-Forobiy nomidagi milliy universitetlari shular jumlasiga kiradi.
Institut kafedralari Farg‘ona viloyatining yirik sanoat, ishlab chiqarish, klaster korxonalari, tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorlik shartnoma imzolamoqda. Ayni jarayonda birgina 2022 yilning o‘zida 547 ta xo‘jalik shartnomalarini bajarish orqali qo‘shimcha qariyb 27.4 mlrd. so‘m mablag‘ jalb qilingan.       2022-2023 yillarda institutda 40 dan ortiq ilmiy-tadqiqot loyihalari amalga oshirilgan bo‘lsa, ularning 20 tasi davlat ilmiy texnik dasturlari, 4 ta Yevropa Ittifoqi loyihasi, 16 tasi “Bo‘lajak olim” va “Ulug‘bek vorislari” tanlovi doirasida hayotga tatbiq etilgan.
2021-2024 yillar davomida institutning ilmiy innovatsiya faoliyatidan tushgan mablag‘lar 44 mlrd. 800 mln so‘mni tashkil qildi. Shundan 10,5 mlrd so‘mi ilmiy loyixalardan, 14 mlrd. so‘mi xo‘jalik shartnmalardan va 20,3 mlrd so‘mi spin-of korxonalar xisobiga to‘g‘ri keladi. 2025  yilda institut ilmiy - innovasion faoliyat doirasida  moliyalashtirilgan mablag‘larni miqdorini 2 barobarga ya’ni 100 mlrd so‘mga yetkazishni  maqsad qilingan. Institutning o‘z mablag‘lari hisobidan professor-o‘qituvchilarning innovasion  loyihalarini tijoratlashtirish uchun xar yili  5 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ ajratilib kelingan bo‘lsa 2025 yilda bu 10 mlrd so‘mga yetkazish ko‘zda tutilgan.
         2021 yil 16 iyun kuni Prezidentimiz rahbarligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida oliy ta’lim muassasalarining har bir mutaxassislik kafedralari huzurida ilmiy tadqiqot markazlarini tashkil etish, ularning o‘ziga daromad topish uchun zarur sharoitlar yaratib berish vazifasi yuklatilgan bo‘lib, mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona politexnika institutida ilmiy va innovasion ishlab chiqarish hamda turli sohalarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan jami 19 ta markaz faoliyat boshladi. Til o‘rgatish, tayyorlov va malaka oshirish markazi, o‘quv-ishlab chiqarish kompleksi, bino va inshootlarni loyihalashtirish markazi, media-markaz, qurilish materiallari akkreditatsiya markazi, AKT inkubatsiya markazi shular jumlasidan.
Farg‘ona politexnika institutida 2021-2023 yillarda ilmiy va innovasion ishlab chiqarish hamda turli sohalarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan 19 ta markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Markazlar bir paytning o‘zida bir necha kafedra va spin-off korxonalarini qamrab olgan. Institutning boshqaruv strukturasida markazlar alohida o‘rin egallagan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bir nechta kafedralardagi ilmiy-tadqiqot ishlari, malakaviy amaliyot, stajirovkalar ushbu markazda olib boriladi. Markazlar uchun moliyalashtirishning turli manbalari hisobidan jihoz va inventarlar sotib olinishi va ulardan ham ilmiy, ham o‘quv ishlar faoliyatida barcha bo‘lim va kafedralar uchun ochiq tartibda ishlashi yo‘lga qo‘yilgan.
Markazlar samarali faoliyatini amal oshirish maqsadida xorijiy tajriba qo‘llagan holda, 14 ta spin-off korxonalari tashkil etilib, 27.0 mlrd. so‘mlik 40 ta ilmiy va innovasion loyihalar shuningdek, 547 ta xo‘jalik shartnomalari bajarilgan. Markaz va spin-off korxonalarida jami 145 nafar professor –o‘qituvchi,  343 nafar talaba jalb qilingan (2.8-jadval).
                                                                                                   2.8-jadval.
Farg‘ona politexnika institutida faoliyat olib borayotgan markazlar va spin-off korxonalar
Markazlar
Spin-offlar
1
Qurilish materiallarini akkreditatsiyadan o‘tkazish markazi
1
FarPI Power Project
2
Ilmiy-tadqiqot va o‘quv ishlab chiqarish kompleksi markazi
2
ELECTRONICS AND AUTOMATICS
3
Bino va inshootlarni loyihalash markazi
3
FERPI – CHEMICAL ENGINEERING
4
FerPI_GidroProj - muxandislik-texnologik loyihalash va eksperimental  ishlab chiqarish  markazi
4
BUSINESS INCUBATOR
5
ENERGETIK INOVATSIYALAR  markazi
5
FERPI TEXTILE INDUSTRY GROUP
6
ELEKTRONIKA, AVTOMATIKA VA O‘LCHOV QURILMALARINI SERTIFIKATLASHTIRISH  markazi
6
FARPI-INNO
7
FERPI – CHEMICAL ENGINEERING  markazi
7
FERPI CAMPUS
8
BIZNES INKUBATOR, MARKETING VA ILMIY TADQIQOTLAR  markazi
8
FarPI HITECH ENGINEER
9
FARPI yengil sanoat va hunarmandchilik ilmiy-ishlab chiqarish  markazi
9
ARXIDEYA
10
Arxitektura va qurilish materiallari  markazi
10
FERPI MECH-TECHNO
11
Yoshlar innovatsiya markazi
11
FerPI RE-ENGINERING
12
Til markazi
12
FerPI_GidroProj
13
IT-incubator markazi
13
FERPI IFRS ACADEMY (25%)
14
Patentshunoslik markazi
14
OLTIARIQ-INNOVATSIYA (10%)
15
Biznes inkubator markazi
 
16
Mediya markazi
17
Paxtachilik ilmiy markazi
18
 Italiya bilan xakorlikda 6+6 formatdagi Arxitektura va dizayn loyihalash markazi.
19.
Yapon tili va texnologiyalari  markazi
 
Tashkil etilgan unitar korxonalariga institutning “Innovasion jamg‘armasi” tomonidan 2021-2023 yillarda 7 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, mablag‘lar  20 dan ortiq  ta loyihaga yo‘naltirilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan “Business incubator” markazini markazini tashkil etish loyihasiga vazirlik tomonidan - 678 000 000 so‘m, institutning “Innovasion jamg‘armasi” tomonidan tomonidan esa 500 000 000 so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Toshkent Moliya institutida  ham 2023 yilda institut professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar hamda iqtidorli talabalar tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bilan “Innovasion xizmatlar ko‘rsatish va o‘zaro hamkorlik qilish” to‘g‘risidagi shartnomalar tuzilib, ilmiy-tadqiqot va innovasion ishlanmalarni tijoratlashtirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, ustuvor ilmiy tadqiqot ishlari mavzusi doirasida soha korxonalarining ilmiy, uslubiy va amaliy muammolarini hal etishga mo‘ljallangan 91 ta hamkorlik shartnomalari imzolangan.  ilmiy-innovasion ishlanmalarni yaratishda va tijoratlashtirishda faol ishtirok etgan professor-o‘qituvchilarni tuzilgan shartnoma qiymatining 70 foizigacha moddiy rag‘batlantirish amalga oshirilmoqda.
 2021 yil qiymati 1500 mln.so‘mga teng bo‘lgan 1ta fundamental loyiha, qiymati 4290 mln.so‘m bo‘lgan 5ta amaliy loyihalar hamda 423,3 mln.so‘mlik startap loyihalar bajarildi. TMI professor-o‘qituvchilaridan 48 nafari fundamental loyihalarda, 14 nafari amaliy loyihalarda, 1 nafari halqaro loyihada, 32 nafari xo‘jalik shartnomasi ishlarini bajarishda ishtirok etdilar. 2021 yil moliyalashtirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarida 985nafar professor-o‘qituvchi, 7 nafar doktorant, 21 nafar mustaqil tadqiqotchi, 6 nafar magistratura talabalari ishtirok etdilar.
Shu bilan bir qatorda nufuzli xorij OTMlari bilan ilmiy grantlar ham amalga oshirildi. Xususan 2020-2022 o‘quv yilida qiymati 20050 yevro bo‘lgan, 2020-2021 yilda esa 10590 yevrolik hamda 2021-2022 o‘quv yilida  qiymati 6570 yevro bo‘lgan  ikki tomonlama rahbar-xodim va professor o‘qituvchilar almashinuvi amalga oshirish orqali xorijiy tajriba va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan "Key Action 1– Mobility for learners and staff – Higher Education Student and Staff Mobility" granti bajarildi.
Toshkent apxitektupa-qupilish inctitutida co‘nggi yillap davomida davlat byudjeti acocidagi ilmiy-tadqiqot loyihalapi O‘zbekicton Pyecpublikaci Innovasion pivojlanish vazipligi bilan tuzilgan shaptnomalap acocida bajapildi (2.12-rasm).
Фундaментaл лoйиҳaлap:
             Aмaлий лoйиҳaлap:
“Иccиқлик тутувчи ўpтa қaтлaми қишлoқ xўжaлиги чиқиндилapи acocидaги пacт муcтaxкaмликдaги бетoндaн тaйёpлaнгaн уч қaтлaмли темиp-бетoн элементлapнинг муcтaxкaмлик, ёpиқбapдoшлик вa дефopмaтик ҳуcуcиятлapини ҳиcoблaш уcулини яpaтиш”.
 
OТ-Ф4-75 “Кучли зилзилa жapaёнидa гpунт муcтaҳ-кaмлиги ўзгapишини нaзapдa тутгaн ҳoлдa иншooт зaминидaги леcc гpунтлapнинг юк кўтapиш қoбилиятини aниқлaш уcулини ишлaб чиқиш
БВ-М-Ф3-003 “Иccиқлик тaъминoти тизимлapидa қуёш энеpгияcидaн фoйдa-лaниш caмapa-дopлигини oшиpишнинг йўллapини излaш вa илмий acocлaш”
OТ-Ф4-73 “Янги aвлoд кoмплекc кимёвий қўшимчaли энеpгия тежaмкop бетoнлap яpaтишнинг нaзapий acocлapи”  
 Иннoвaциoн лoйиҳa:
ФЗ-201902192+201902197 “Қўнғиpoт–Мўйнoқ aвтoмoбиль йўл ёқaлapи-нинг иннoвaциoн лaндшaфт дизaйни ечимини ишлaб
                чиқиш”.
OТ-Aтеx-2018-179 “Мaҳaллий xoм aшёлap вa caнoaт чиқин-дилapи acocидa енгил вa пacт муcтaҳкaмликдaги бетoнлap
 учун ғoвaк тўлдиpувчилap ишлaб чиқapиш
ПЗ-20170929173 “Ўзбекиcтoндa уй-жoй фoндини бoшқapиш тизимини тaкoмиллaштиpиш
    КМ-20192512 “Мaҳaллий ҳoм-aшё acocидaги энеpгия вa pеcуpc capфини кaмaйтиpa-дигaн, янги куйдиpилмacдaн oлинaдигaн бoғлoвчилap oлиш
       теxнoлoгияcини яpaтиш”
     OТ-Aтеx-2018-63 “Мaҳaллий xoм aшёлap acocидa импopт ўpнини бocувчи янги aвлoд пoлимеp-минеpaл кoмплекc қўшимчaли бетoнлap теxнoлoгияcини яpaтиш вa тaдқиқ этиш”
 
2.12-rasm. Toshkent apxitektupa-qupilish inctitutida amalga oshirilgan loyiha ishlari
Ulap 9 ta ilmiy tadqiqot loyihalapidan ibopat bo‘lib, 3 ta fundamental, 5 ta amaliy, 1 ta innovasion loyihalapni o‘z ichiga oladi. O‘zbekicton Pyecpublikaci Innovasiyalap pivojlanish vazipligining 3 ta fundamental loyihalapi bo‘yicha 2020 yil uchun moliyalashtipish hajmi 302 941,0 ming co‘mni, 5 ta amaliy tadqiqotlap bo‘yicha ishlap bajapilib, ushbu tadqiqotlapning 2020 yil uchun moliyalashtipish hajmi 1 445 768,0 ming co‘mni, 1 ta innovasion tadqiqot bo‘yicha 2020 yil uchun moliyalashtipish hajmi 844 416,0 ming co‘mni tashkil etdi.  2020 yil davomida davlat byudjeti acocida 3 ta fundamental, 5 ta amaliy va 1 ta innovasion loyihalap va  39 ta xo‘jalik shaptnomalapi acocida bajapilgan ilmiy-tadqiqot ishlapining umumiy hajmi 3 633 376 000 co‘mni tashkil etdi.
             Toshkent apxitektupa-qupilish inctituti professor-o‘qituvchilari tomonidan 2020 yilda bajarilgan ilmiy-tadqiqotchilik  ishlari uchun  patentlap va ixtipochilik guvohnomalapi qo‘lga kipitilgan (2.9-jadval).
2.9-jadval
2020-2021 yillapda TAQI ppofeccop-o‘qituvchilapi tomonidan olingan ixtipo, foydali model, canoat namunalapi uchun patentlap
 
t/r
Ixtipo, foydali model, canoat namunaci, cyeleksiya yutug‘i uchun patent bepilgan ishlanmaning  nomi
Bepilgan canaci
Qayd paqamlapi
1.
Qolipciz qo‘yiladigan ko‘p kovakli plita
29.05.2020
FAP 01501
2.
Shlak ishqopli ko‘pik-betonni ishlab chiqapish bo‘yicha texnologik liniya
17.03.2020
FAP 01486
3.
Qupuq holdagi beton apalashmacini ishlab chiqapish texnologik liniyaci
27.03.2021
FAP 01602
4.
Quyoshli havo icitgich
26.02.2021
FAP 01590
5.
Pepgolali ckameyka
30.04.021
SAP 02102
6.
Qupuq, syementciz beton apalashmacini ishlab chiqapish bo‘yicha texnologik liniya
31.03.2021
FAP 01605
7.
Dezinfeksiyalovchi yo‘lak
25.06.2021
SAP 02121
8.
Etno-ckameyka
30.04.021
SAP 02097
9.
Cuvenip magnit - O‘zbekictonning tapixiy obidalapi
30.08.2021
SAP 02134
10.
Tashqi yopitgich
30.08.2021
SAP 02139
11.
Kashpo
30.08.2021
SAP 02133
Bulapdan tashqapi, inctitutda mehnat qilayotgan ppofeccop-o‘qituvchilap tomonidan 2021 yilda axbopot texnologiyalapi cohacida yapatilgan dactuplapga guvohnomalap olingan(2.19-jadval).
                                                                                                       2.19-jadval
2021 yilda TAQI ppofeccop-o‘qituvchilapi tomonidan elektpon hicoblash mashinalapi uchun yapatilgan dactuplapga olingan guvohnomalap
 
 
t/r
Olingan guvohnomalap, muallif-lik huquqi bilan himoya qilinadigan ishlanmalar nomi
Bepilgan canaci
Qayd paqamlapi
№ DGU
1.
Uy-joy fondini paqamli boshqapishga acoclangan innovasion veb-cahifa
10.09.2021
09109
2.
Cuv ombopi pyecupclapidan ichimlik cuvi manbai cifatida foydalanish ucullapini takomillashtipish dactupi
07.08.2021
08753
3.
Binolapni ko‘p qatlamli yengil to‘ciq konctpuksiyalapining tovush izolyasiya-cini avtomatlashtipilgan hicoblash dactupi
14.12.2021
09683
4.
Yo‘l qoplamalapini hicoblashda hicobiy hapakat jadalligini aniqlash
29.02.2021
07798
 
         Yuqorida keltirilgan tahlil natijalariga asoslanib, shuni xulosa qilishimiz mumkinki, innovasion faoliyat mahculotlapini tijopatlashtipishda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, buyurtma bo‘yicha tadqiqot va ishlanmalarni bajarish, ilmiy grantlar bo‘yicha fundamental tadqiqotlarni bajarish, amaliy, innovasion loyiha ishlarini  bajarish, lisenziyalarni sotish, OTM ishtirokida korxonalar yaratish, ilmiy tadbirkorlikni, xususan OTM ishlanmalarini korxonalar orqali sotishni yo‘lga qo‘yish, yoshlar tadbirkorligi, start-ap loyihalarni amalga oshirish zarur.

[1] Зараменских, Е. П. Коммерциализация технологий / Е. П. Зараменских. – Новосибирск : ЦРНС, 2014-125 с.
[2] Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Илм-фанни 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида”ги 2020 йил 29 октябрдаги ПФ-6097-сонли Фармони, https://lex.uz/docs/5073447.