06.08.2025
21:50

2-bob bo‘yicha xulosa

1. Ta’limni raqamlashtirish – bu o‘quv jarayonini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish uchun zamonaviy raqamli texnologiyalar va vositalardan foydalanishdir.
 
2. Ta’limni raqamlashtirish elektron axborot ta’lim sohasini yaratish va ishlatish, maxsus virtual texnologiyalarni qo‘llash, turli ta’lim platformalarini ta’lim jarayoniga tadbiq qilish imkoniyatlarini, umuman bara faoliyat sohalarini axborot-kommunikasion texnologiyalar asosida qurishni anglatadi.
3.  Raqamlashtirishning asosiy afzalliklaridan biri bu – talabalarning    faolligini oshirish imkoniyatlaridir. Onlayn ta’lim platformalari, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar kabi raqamli vositalardan foydalangan holda, universitetlar o‘quvchilarni motivatsiya qilishi va interaktiv hamda qiziqarli ta’lim tajribalarini yaratishi mumkin.
4. Tobora murakkablashib borayotgan motivatsiya tizimlarining paydo bo‘lishi, xodimlarni boshqarish, innovatsiyalarni yaratish va amalga oshirish, uni mamlakat  va xorijiy tashkilotlarda eng muhim boshqaruv vositalaridan biriga aylantirish omili sifatida moddiy va nomoddiy motivatsiya ahamiyatining izchil o‘sishini talab qilmoqda.
5. Innovasion faoliyatni rag‘batlantirish - bu motivatsiya funksiyasining tarkibiy qismlaridan biri, u yagona kompleks bo‘lishi kerak, bir-birini almashtiradigan va bir-birini to‘ldiruvchi qobiliyatga ega bo‘lib, asosiy omillarni ko‘rib chiqish zarurligini belgilaydi.
6. Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy va innovasion va tijoratlashtirish faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, mehnat jamoasida barcha rahbar va professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash har qanday oliy ta’lim muassasasining muhim vazifalaridan biridir.
7. Oliy ta’lim muassasasida innovasion faoliyatni tijoratlashtirishni tashkil etishda har bir universitetda boshqarish tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishni, oliy ta’lim muassasasisining faoliyat diversifikatsiyasini ta’minlashi, moliyaviy barqarorlikka erishishi uchun tijoratlashtirishning turli ilg‘or mexanizmlarini izlashi talab etiladi.