1-bob bo‘yicha xulosa
1. Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini
boshqarishning innovasion yondashuvlari o‘quv dasturlari, o‘qitish metodikasi,
talabalar bilimini baholash, ilmiy-tadqiqot ishlari, ish beruvchilar bilan
o‘zaro munosabatlar va ta’lim jarayoni bilan bog‘liq boshqa jihatlarni o‘z
ichiga olgan ta’lim tizimi hisoblanadi.
2. Innovasion yondashuvlarning asosiy maqsadi ta’lim
sifatini oshirish, uning samaradorligini oshirish hamda mehnat bozori va butun
jamiyatning o‘zgaruvchan ehtiyojlariga moslashishdan iborat.
3. Ta’lim sifati deganda, shunday kompetentli
mutaxassislar tayyorlashning zaruriy darajasini ta’minlash tushuniladiki, ular
samarali kasbiy faoliyatga layokatli, ilmiy-texnik tarakkiyot sharoitida tez
moslashuvchan, o‘z sohasidagi zamonaviy texnologiyalar bilan ishlay biladigan,
kasbiy vazifalarni yechishda olgan bilimlaridan foydalana oladigan bo‘lsin.
4. Oliy ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni
boshqarishda boshqaruvning maqsadni uyg‘unlashtirish tamoyili muhim ahamiyat
kasb etadi. Ushbu tamoyil ta’lim maqsadlariga muvofiqlikni va maqsadga
yo‘nalgan faoliyatni ta’minlaydi.
5. Ta’lim
muassasasini boshqarishda individual yondashuvning asosiy vazifalaridan biri
o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini bosqichma-bosqich rivojlantirish muhim
ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, o‘qituvchi uchun individual maqsadlarni va
ularga erishish bosqichlarini belgilash, ularni o‘z faoliyatlarini
muvaffaqiyatli tashkil qilishga yordam beradi.
6. O‘qitishning kasbiy-ijodiy yo‘naltirilganligi
talabalarni ilmiy-texnik, ijodiy ish qilishda tajriba orttirishiga
yo‘naltirilgan uslublar orqali bo‘lajak mutaxasislarni, nafaqat ularning ish
xarakteri va talablariga javob berishini shakllantirib mamlakatdagi
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga moslashishini ta’minlaydi.
7. Ta’lim tizimi jarayonida zamonaviy innovatsiyalarni
qo‘llash usullarining asosi bu – o‘qitishning
yangi metodlarini qo‘llash, o‘quv jarayonini intensifikatsiyalash
sharoitida tahsil oluvchilar faoliyatini shakllantirish, zamonaviy texnikaviy
axborot vositalari va mashg‘ulot tuzilmasini tashkillashtirish va
rejalashtirishda o‘qituvchilarni hamda tahsil oluvchilarning psixologik
xususiyatlarini bilishini taqozo etadi.
8. Muammoli o‘qitish
jarayonida tahsil oluvchilarning o‘zlashtiradigan ijodiy malakalari muammoni
mustaqil ifodalash, farazni ilgari surish va tekshirish yo‘lini izlash,
yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilish, olingan natijalarni amaliy qo‘llash
mumkinligini asoslash va muammoni yechishda shaxsiy, ijodiy va amaliy ishtirok
etish me’yorini aniqlash, hamda innovasion ta’limni joriy etish orqali bilim
sifatiga erishiladi.