3-bob bo‘yicha xulosa
1.
Boshqaruvning mohiyati – ob’yektiv va sub’yektiv sharoitlarini qo‘yilgan
maqsadga erishishga imkon beradigan nisbat va munosabatda bo‘lishini
ta’minlashdan iborat. Boshqaruv faoliyatidagi muvaffaqiyat esa, rahbarning
ijrochilar mehnatiga bo‘lgan munosabatdan qanchalik manfaatdor ekanliklarini
anglata bilishlik qobiliyatiga sezilarli darajada bog‘liqdir.
2. Oliy ta’lim muassasalari uchun
virtual o‘quv dasturlari va internetda mavjud boshqa resurslarni ko‘rsatish,
talabalar uchun o‘qishni osonlashtiradi va o‘qituvchilar uchun esa o‘qitishni
samaraliroq tashkil etadi. Qisqa video darslar, interaktiv darslar qo‘llanishga
qulay fayllar kabi ko‘rinishlarda tashkil etilib, talaba va o‘qituvchilar orasidagi aloqa va
interaktivlikni oshirishni ta’minlaydi.
3.
Interaktiv ta’lim va o‘qitish uchun yuqori sifatli videodarslar va
labaratoriyalar, talabalar uchun OnLine
xizmatlar va platformalar, asbob-uskunalar kabi boshqa texnologik
innovatsiyalardan foydalanish ta’lim sifatini oshirish imkonini yaratadi.
4.
Mahalliy va global IS birliklari
yordamida, oliy ta’lim muassasalari talabalarga taqdim etilayotgan o‘quv
dasturlarini o‘zaro almashish va qo‘llashga qulaylik ko‘rsatish mumkin. Mazkur
birliklarni qo‘llash global oliy ta’lim muassasalarining o‘qitish
usullarini o‘zaro o‘rganish, o‘zgartirish, o‘zaro sharhlash kabi
masalalarni hal qilish imkoniyatlarini oshiradi.
5.
Oliy ta’lim muassasalari uchun o‘quv
jarayonining sifatini baholashga yordam beradigan ko‘plab monitoring va
baholash vositalari mavjud. Bunday vositalar talabalarning o‘qish va berilgan
bilimlarni o‘zlashtirish darajasi kabi ma’lumotlarni olishga yordam beradi.
Oliy ta’lim muassasalarining innovasion faoliyatini rivojlantirish uchun bu
imkoniyatlardan to‘liq foydalanish hamda ularni yanada rivojlantirish kerak.
6.
Rivojlantirish konsepsiyasining amaliyotga tadbiq qilinishi bilan birga, joriy
holatning monitoring qilinishi va innovasion faoliyatning rivojlanishini tahlil
qilish muhim ahamiyatga. Innovasion faoliyatni rivojlantirish uchun albatta,
joriy holatni monitoring qilish kerak, bu esa innovasion faoliyatning
muvaffaqiyati uchun zarurdir.